Mehribonlik uyi bolalar uyi,
Nomlari har xilu lek ichi bir xil
Ota onasining bölmagan töyi
Begunoh bolada ne ayb axir!
Böm bösh beshigini tebratib javrab
Yarim tirnoqqa zor köngillar kammi
öttiz yil qirq yillab umidin boglab
öksik ötib ketar dunyodan qalbi.
Nimani anglatar yetim degan nom
Qalblarni ingratar yetim degan nom
Toza gulgunchani balchiqqa tashlab
dunyoni titratar etim degan nom.
Tunda sabchib turar dadajon dada
Sizni sogindik biz qaydasiz qayda.
Niyati bir bora onasin körmoq.
Tili ham chiqmagan bechora gödak.
Meni tinch qöyinglar meni tinch qöying
Mening qornim ochdi akajon yuring.
Katta bölsam ona bölmayman derdi
Uch yoshli qizchaning sochi oqardi...
Terrorizm deymiz narkomaniya
majlislar qandaydir ofatlar haqda
Dunyoning tagiga öt qöyvoryapti
bolasin qaqshatib köz öngimizda.
Ahad aka menga sher yozing deydi
Bizning xayotimiz on mingta kino
yiglama bolajon yiglama deyman
Senga omad asrab qöyibdi xudo.
Ichimdan ötganin bilaman ammo...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев