Ey mening jayronga öxshagan singlim.
Qölimdan kelmadi seni kuldirish,
Axir kulmaydida mening ham Dilim.
Yiglama hali tong otmogi bordur,
Yiglama Hudoyim bir senga yordur.
Bilama bu dunyo hozircha tordur,
Ey mening jayronga öxshagan singlim.
Ezilma ichingga yutmagin gamni,
Közingda körmayin hech endi namni.
Tashlagin hayotga ildam qadamni,
Ey mening jayronga öxshagan singlim.
Dunyoda hali köp bunday sinovlar,
Dartsizday körinar senga birovlar.
Bilgilki hammaning qalbi olovlar,
Ey mening jayronga öxshagan singlim.
Akam yöq demagin mana men borman,
Otam yöq demagin mana men borman.
Mushkuling uchun hamisha korman.
Ey mening jayronga öxshagan singlim.
Qadaming sanama ortingga boqib,
Öylama Qöyginda qölingni qoqib.
Onangga qaragin quvonchla boqib.
Eymening jayronga öxshagan singlim.
Tunlardan tonglarni söragan singlim,
Bulutdan Yomgirni tilagan singlim.
Dunyoda yolgizmas akang bor mana,
Ey mening jayronga öxshagan singlim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев