Предыдущая публикация
Armonlar orzuning qasrin buzadi.
Yuragim bir senga zorlik sezadi,
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Armondir dardimni aytolmaganim,
G‘ururni yiroqqa haydolmaganim,
Armondan og‘irdir qaytolmaganim —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa ham,
Imtihon dunyoning kori bo‘lsa ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Dardimni aytmadim, tishladim tilni,
Hijrondan ming karra g‘ashladim dilni,
Topmadim sen tomon boshlagan yo‘lni —
Men seni judayam, juda sog‘indim!.(S)

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев