Qon ko'p ketganda qon og'iz bo'shlig'iga tushib,qisman yutib yuboriladi,natijada qon qusish va qatronsimon najas paydo bo'lishi mumkin. Qon ketishi o'tkir kamqonlik belgilarini bosh aylanishi,puls tezlashishi,chanqash,holsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. BIRINCHI YORDAM KO'RSATISH. 1.Bemorni o'tqazib qo'ying,uni tinchlantirib,gaplashmaslikni,yo'talmaslikni,burun qoqmaslikni,keskin harakatlar qilmaslikni iltimos qiling. 2.Bemorga yarim o'tirish holatini yarating,boshini pastga eging. (Agar bemor hushdan ketgan bo'lsa,uni yotqizib,boshini yonboshiga o'giring va tez yordamni chaqiring. Transportda olib ketish vaqtida qo'lingiz bilan boshini ushlap keting). 3.Burun va qanshar sohasiga muz solingan xaltacha yoki sovuq suvga ho'llangan toza matoni qo'ying. 4. Burunning ikkala yarmini burun to'sig'iga 3-5 daqiqa bosing,bosh biroz oldinga engashtiriladi,og'izga tushgan qonni bemor tuflap tashlaydi,bemorga burun bilan nafas olish va burun qoqish man qilinadi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6