Предыдущая публикация
Sevarmu deb o'yga tolaman
Qaysar qizdan kelguncha javob
Onam aytgan qizni olaman
Xayol surib oydin kechada
Axir charchab uxlab qolaman
Bo'lak qizlar yo'qmi ko'chada
Onam aytgan qizni olaman
Mexr qo'yib bag'ri tosh qizdan
Nechun buncha kuyib yonaman
Toxir zuxra chiqmagan bizdan
Onam aytgan qizni olaman
Ko'ngil berib adashdim mayli
O'zim to'g'ri yo'lga solaman
Shu omadsiz sevgim tufayli
Onam aytgan qizni olaman
Volidamni so'zlari xukum
Nedesaxam boshim egaman
Ishq o'tida yonsaxam qalbim
Onam aytgan qizni olaman
QARSHIDA qizlar ko'p biroq
Bilmam qayga kuyov bo'laman
Mayli bo'lsin uzoq yo yiroq
Onam aytgan qizni olaman
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев