Ro'moli tushmasa aslo boshidan. Namozni boshlagan to'qqiz yoshidan. Muslima singlimga jannat tilayman. Qiblaga burilgan uning yuzlari. Hayoga burkangan qaro ko'zlari. Faqat qur'on o'qur uning ko'zlari. Muslima singlimga jannat tilayman. Otamning onamning quvonchi unda. Akasin tergaydi namoz deb kunda. Ibodat qiladi uxlamay tunda. Muslima singlimga jannat tilayman. Allohdan qo'rqib tinmay yig'laydi. Klipu seriallaraslo ko'rmaydi. Qur'on o'qimasam ko'ngli to'lmaydi. Muslima singlimga jannat tilayman. Akasin tog'dayin qalqon deb bilar. Onamning poyini jannat deb bilar. Tong saxar quyoshdan avvalroq turar. Muslima singlimga jannat tilayman. Qur'on o'qib mening ko'nglim yumshatar. Joynamoz tunda band tongda bo'shatar. Shaytonni tinch qo'ymay doim qaxshatar. Muslima singlimga jannat tilayman. Faqat ixlos ila yo'ling yuradi. Yig'lasam yig'laydikulsam kuladi. Tinmasdan akasin duo qiladi. Muslima singlimga jannat tilayman. Allohim firdavs bog'in singlimga bergin. Gar bo'lsa gunohin o'zing kechirgin. Bir aka so'raydi ijobatqilgin. Muslima singlimga jannat tilayman. Allohim yolvoray qiyomat kuni. Jahannam o'tidan asragin uni. Men faqat so'rayman o'zingdan shuni. Muslima opamga jannat tilayman. O'zingdan o'zga iloh yo'q Alloh. Bandamiz kechirgin bisyordur gunoh. Oxirat kunida o'zing ber panoh. Muslima Оnamga jannat tilayman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев