Dunyo olmoslari lov-lov yonsa ham,
Begim boshimga ming azoblar solsa ham,
Va hatto ishqidan tonib qolsa ham,
Men bir zum tonmayman sevaveraman.
Gul emas qölimga hanjarni tutsa,
Kamiga uni köksing uzra ur desa...
Meni er, özgalarni dur desa,
Men uni borim deyman deyaveraman.
Balki oramizda bor yetib bölmas yöl,
Men uchun u bir qadam, ont ham ichaman.
Siz xöp desangiz, jonim rishtasin köprik qilaman.
Siz chorlang, men bir zumda yetaman.
Jonim qurbon bölsin bir özingizga,
Jon bersam qaniydi termulib közingizga.
Buncha mushtoq etdingiz bir sözingizga,
Qochib qayga borasiz, tushlarimda köraveraman.
Buncha g'azab qilasiz, kammi shunchasi?
Undan köra hijron ildizin sug'urib tashlang!
Siz ham bir bor men uchun dilingiz g'ashlang,
Dod solsangizda she'rlar bitaveraman.
Seni tanlabman, ikki közim kör demang,
Aldadim peshonaginang shör demang!
Unda boring tushlarimga ham kirmang,
Siz menga hech kimsiz, öz yölimda yuraveraman.
Kechirasiz, hammasidan tonib qanday ketaman,
Hech bölmasa ishqimizga atab doston bitaman.
Söng orasiga dil berkitib sizga tutaman.
Mayli, dilsiz qolib keyin ketaman...
Söng nochor yiqilib daraxt ostiga,
Kömilgan suratingiz topaman...
Tuproqqa belangan suratni esa asta öpaman.
Söng holsizgina uni yana kömaman.
Holsiz yotaman,
Tungi quyoshdek botaman,
Menga ham bir sahiy Öz dilin tutmog'in kutaman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев