Muxabbat ne qilsa ham, xar ishni boshdin qildi,
Yörgagin gulu tikon, yostig'in toshdin qildi.
Xijrom degan qoyaga sahroni yetakladi,
Tohir oqqan daryoni Zuhra köz yoshdin qildi.
Olib ketdi Laylini Majnun dil sahrosiga,
Farhod ishq vohasini soy ila toshqin qildi.
Muhrladi yurakka sevilmog'u sevmoqni,
Ishqning gözal suratin ul qalam qoshdin qildi
Xudo suygan bandamiz, özi solgay yurakka,
Bandasi xato ketsa, köz oldin moshdin qildi.
Joninga jon bag'ishlar, mangu yoshlik faslidur,
ön sakkiz ming olamni ön sakkiz yoshdin qildi.
Muxabbat ne qilsa ham, har ishni boshdin qildi.