๑♥๑๑♥๑Mendan ayb izlamang, gunohimni
bilaman, To'rt tomonga dor
osib, g'amlarimni ilaman. Bilib
qo'ying, ertaga ketishim
bor uzoqqa, Ayriliqdan
qo'rqmayman, sog'inganda
kulaman. Tosh yurakka muhabbat
rasmin chizib ketyapman, Siz
achinmang, men har kun
baxt yonidan
o'tyapman. Ko'zlarimdan dumalab
umid, ilinj to'kildi, Suvga tashna
sahrodek
alamlarni yutyapman. Endi
ishonch gullari
bog'larimda gullamas, Umrimda
kuz hukmron, qaytib bahor
yo'qlamas. Balki ko'zga ko'rinmas
baxt qadriga yetmadim, Lek
ko'ksimda ishq o'ti yonib
sira tugamas.ΞღΞღΞღΞ