sazovor va e’tiborli o‘qituvchi
edim. Olimpiadami-ey,
“Quvnoq startlar”mi, ilm
anjumanlarimi, xullas
hammasiga taklif qilishardi, unutishmasdi. Mendan zo‘rroq
qishloqdan chiqqan
adabiyotchi yo‘q emish.
Oshig‘im olchi. Yaxshiyamki
kallam durust ishlarkan. Oddiy
qishloq o‘qituvchisi bo‘la turib, shoir Tarsakiy haqida ilmiy ish
ham yoqlab qo‘yganman.
Ishdan horib uyimga qaytsam
ilmiy ishim tepasida
telegramma turgan ekan.
“Unda siz shahardagi maktablarning biriga direktor
qilib tayinlandingiz”, –
deyilgan. Imzo ta’lim
boshqarmasi rahbarlaridan biri
Sokinbekovniki edi. Uch-to‘rt
kun ichida kattakon hovlimizni, bog‘imizni voyaga
yetgan farzandlarimizga
hadya qilib qoldirdik. Bir olam
quvonch bilan xotinim Iltijoxon
bilan orziqib kutilgan shaharga
yetib keldik. – Dollarmisiz, topib bo‘lmaydi,
direktorlikka buyruq
chiqqaniga bir oy bo‘ldi, – dedi
meni kutib olgan boshliq
muovini Sokinbekov. – Uy ham
tayyor. Mana order Intizor ko‘chasining 7-uyidan sizga bir
xonali kvartira ajratdik. Maza
qilasizlar. Gaz, suv, bozor
hammasi biqinda.
Ko‘p o‘tmay bir xonalik uyga
joylashdik. Maktab direktoriman, muhr
cho‘ntakda. Hayotimda galstuk
taqmaganman. Endi
majburman. Galstuk taqmagan
direktorni ko‘rmaganman. Men
nima qilay axir, ilojsizman-da. Taqaman-u, bog‘lab qo‘yilgan
buzoqqa o‘xshab bo‘ynimni
qayirolmay qolaman. Ha, bu
sharoitga ham ko‘nikib ketdik.
Lekin oldinda hali kutilmagan
muammolar bor edi. Sababi bir xonalik uyda yashash uchun
ikki oliygohning diplomi ham,
bilimi ham yetishmas ekan.
– Men hamir qorishim kerak,
kir yuvaman, oshxona va
vannaxonaga sig‘may qolyapman, – dedi naqd 80
kilogrammli xotinim. – Siz dars
konspektlaringizni oshxonada
yozasiz. Sho‘rvaga ham qarab
qo‘yasiz, tag‘in suvi toshib
ketmasin. – Bu taklifingiz yoqmaydi, –
dedim men. – Siz sakson kilo
bo‘lsangiz, men 95 kilo tosh
bosaman. U aylanib
bo‘lmaydigan oshxonangizdagi
gaz hidiga, ovqat isiga chidolmayman.
Xullas, o‘rtamizda bir xonalik
uy «taqsimoti» avj olib ketdi.
Bu yog‘i yangi uy bilan
tabriklagani qarindosh-
urug‘lar, yoru-do‘stlar tinmay kelib turishibdi. Ularga
dasturxon yozib, bir balo qilib
sig‘ib turibmiz. Televizorni bir
burchakka qo‘ydik, orqasiga
bir qop kartoshka joylashtirdik.
Telefonni osma soatning oldiga avaylab o‘rnatdik. Kitob javoni
ortiqcha narsalarimiz
saqlanayotgan balkonga
chiqdi.
Yaxshiyamki, ana shu balkon
bor ekan, besh yuz kilodan ortiq anjom o‘sha yerda
dimiqib yotibdi. Er-u xotin
birga aslo balkonga
chiqmaymiz, chunki bizning
vaznimizga balkon narsa-
parsasi bilan uzilib ketishi hech gapmas.
Bugun dam olish kuni.
Yostiqdoshim bilan miriqib
ko‘k choy ichib o‘tiribmiz.
– Uf, siqilib ketyapman, tars
yorilaman-ov, – deya menga o‘qrayib qaradi u. – Shu ham
hayotmi?
– Nega yorilasiz, tarvuz
emassiz shekilli, – dedim
maqsadni hazilga yo‘yib.
– Qishloqdan olib kelgan oziq- ovqat mahsulotlarini qaerga
joylayman bu o‘ymoqday
joyda. Guruchni qopi bilan
eshik orqasiga qo‘ydim, sabzi
vannaxonada, piyoz balkonda,
mahalla qo‘mitasi ajratgan o‘simlik yog‘i siz ishlayotgan
stol tagida. Endi yuvilgan kir-
chirlarni qaerga ilamiz? Siz
ham bunday kallani ishlating-
da.
– Kalla molda bo‘ladi, menda xudoga shukr bosh, – dedim
fig‘onim chiqib.
Noiloj, ikkalamiz balkondan to
oshxonagacha o‘rilgan arqonni
tortib chiqdik. Shuni
topganimizga ham shukr. Endi osig‘lik shim, ko‘ylak va
hokazo kiyim-kechaklar
orasidan boshimizni xam qilib
yuribmiz. O‘tgan kuni bizni
yangi uy bilan qutlab
qishloqdan hamkasblar kelishdi. Yaxshiyamki
oralarida xotin kishi yo‘q ekan.
Farosat ham yo‘qda ularda,
bo‘lmasa tor joyni yanada tor
qilib shu yerda tunab
qolishadimi. O‘zimiz yotadigan yagona xonamizni ularga
berdik. O‘zimiz esa oshxonada
idish-tovoqlar orasida mijja
qoqmay chiqdik. Bundan
tashqari sobiq o‘rinbosarim
Makomboev shunday xurrakni gumburlatdiki, hatto
qo‘shnilarimiz ham
bezovtalanganligini sezdim.
Qarang-a, yigirma yil birga
yonma-yon ishlab, bu
azamatning xurrak otishini bilmagan ekanman. To‘g‘ri-da
qaerdan bilay, men uning bilan
biron marta birga yotmagan
bo‘lsam.
Xayriyat, mehmonlarni zo‘raki
tabassum bilan kuzatdik. – Xudoga shukr, endi bir
o‘zimiz ham dam olamiz, –
dedi xotinim kechagi qolgan
lag‘monni gaz plitaga qo‘yar
ekan. Shu payt birdan eshik
qo‘ng‘irog‘i jiringladi. – Obbo, yana kim bo‘ldi, – deya
erinibgina eshikni ochdim.
Ro‘paramda qishloqdan kelgan
singlim Tozagul mayin kulib
turardi. Yonida xonaga shu
zaxoti otilaman, deb olti nafar bolalari ham qator turishardi.
– Akajon, omonmisizlar,
sog‘inib ketdik, – deya u loyga
botgan kovushini ham
yechmasdan o‘zini ichkariga
urdi. Bolalari ham qiy-chuv qilib yugurib kirishdi.
– Singlim bugun tunab
qolasizlar-a? – so‘radim
ilojsizlikdan. Xotinim menga
bir xo‘mrayib qaradi.
– Ie, aka, qiziqsiz-a, tunamay bo‘ladimi? Kelinimiz bilan
gaplashadigan bir qop gapimiz
bor. Keyin jiyanlaringiz ham
sizni juda-juda sog‘inishgan.
– Tozagul, singlim, bolalarning
yarmini uyda qoldirsangiz bo‘lardi-da, – sukunatni buzdi
xotinim. – Ko‘rib turibsiz
joyimiz tor.
– Yurak keng bo‘lsin,
kelinposhsho, sig‘amiz.
Bolalarni tashlab bo‘ladimi? Ertaga opam ham sakkizta
farzandini yetaklab kelyapti.
Hurmat qilganimizdan so‘ng
shunaqa bo‘ladi-da,
kelinposhsho!
Ularga yotoqxonamizni berib, yana mo‘’jazgina
oshxonamizda eru-xotin
«miriqib» tongni orttirdik.
Konspektlarim gaz plita ustida.
Kurtka kapgir ilingan mixda
osig‘lik. Shlyapam mantiqozon qopqog‘ida. Botinkam tikuv
mashinasi tagida. Erta
tongdanoq singlimizni bolalari
bilan shaharga chiqarib
qo‘ydik. Bozorni tomosha
qilarmishlar. Vaqt ziq, ishga kech qolyapman.
Ko‘zoynagimni topolmayman.
– Xotin, ko‘zoynak qani?
– Uf, yana o‘sha gap. Kecha
shimingizni qidirgandingiz.
Yo‘qotgan buyumingizni doim mendan so‘raysiz. Bunday
qo‘ygan joyingizni eslab
qoling-da, xo‘jayinjon. Ana,
ko‘zoynagingiz telefoning
yonida turibdi.
– Voy, igna bilan uymoqni qaerga qo‘ydim-a, – dedi
xotinim menga umid bilan
qararkan. – Kostyumingiz
tugmasini yangilamoqchi
edim.
– Men ishga shoshyapman, – dedim tutoqib. – Siz shu
paytda uymoq surishtiryapsiz.
Shu bir xonalik uyda ham narsa
yo‘qotib bo‘ladimi, a? Ana,
igna bilan uymoq atlas
ko‘ylagingiz ustida turibdi. Maktabga yetib keldim-u,
hamon xayolim o‘sha bir
xonalik uydagi mojarolarda.
Odamni jazolash kerak bo‘lsa,
bir xonalik uyga joylash kerak
ekan. Bir pudlik xotinim navnihol bo‘lib qolyapti-ya.
Men esa mayin shabodada
entikib turibman. «Qadringga
yetdim, dov-daraxtlarga
ko‘milgan, bobomdan qolgan,
oyog‘imni bemalol uzatadigan mehmondo‘st hovlim!»
Birodar, qishloqdan shaharga
kelib bir xonalik uyda
yashaganmisiz? Mabodo
ko‘chib kelmoqchi bo‘lsangiz,
bizga zudlik bilan uchrang, tajriba almashamiz.
Xotin senga balli, yaxshi
tabiating borda, xonamizni
baxtli makonga
aylantirvording. Yashavor,
yostiqdoshim, boringga shukr...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев