Soch to'kilishi ayrim yuqumli kasalliklar, masalan zahmda ko'proq kuzatiladi. Bemor tuzalganidan so'ng to'kilgan sochlar o'rniga yangi sochlar o'sib chiqadi. Ba'zan o'quvchilarda, imtihon davrida ham soch to'kilishini kuzatish mumkin. Bu o'ta toliqish, uyqusizlik davrida yuzaga keladi. Ayollarda esa sochni har xil turmaklash, preparat, ya'ni uzoq saqlanadigan jingalak qilish soch to'kilishi sabab bo'ladi.
Vaqtidan oldin soch to'kilishi o'rta yoshdagi erkaklarda ko'proq uchraydi. Bunda ikki chakka va tepadagi soch to'kiladi. Bir necha yildan so'ng umuman soch qolmaydi, yoki "tepakal"ga aylanadi. Odatda "tepakal"lik nasl suradi. Uya-uya bo'lib soch to'kilishiga esa asab faoliyatining buzilishi, shuningdek organizmning zaharlanishi sabab bo'ladi. Bu xolat go'yo to'satdan ro'y berganga o'xshaydi. Dastlab bir-ikki joydan to'kilib, ular kengayib boradi va bir-biriga qo'shilib, sochlarning umuman to'kilib ketishiga sabab bo'ladi. Soch to'kilgan yerdagi teri silliq, yaltiroq, yallig'lanmagan bo'ladi. Sochning bu xilda to'kilishi odatda xronik, unga davo qilish ancha mushkul kechadi, hatto davolangandan keyin ham soch to'kilishi mumkin. Ayrim dorilarni surunkali ichib yurish yoki sochni noto'g'ri parvarishlash oqibatida ham soch to'kilishi mumkin.Sochda kasallik paydo bo'lganda albatta shifokorga murojaat qilish zarur. Soch to'kilishiga sabab bo'lgan omillar bartaraf etilganidan keyin to'kilgan soch o'rniga yangisi chiqa boshlaydi. Bu kasallikning oldini olish uchun sochni to'g'ri parvarishlash, organizmni chiniqtirish, vitaminlarga boy ovqatlar tanovvul qilish, sport bilan shug'ullanish, piyoda sayr qilish va yetarlicha dam olish lozim. Spirtli ichimlik va chekishga ruju qo'ymaslik tavsiya etiladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2