Фильтр
Jonim ko'zlaringda tomchi yosh ko'rsam, Men aslo o'zimni kechirolmayman. Azizam qalbingni bir bor og'ritsam, Yurakdan ul dog'ni o'chirolmayman.


Sevaman hech kimga o'xshatmay seni, Kechir sen kutganday baxt berolmasam, Xayotim, keragim, yuragim mani, Senga jonimni ham fido qilsam kam...!!!
Men oshiqman g'o'r, Bu peshonam sho'r. Bevafo qizlar, Hammasi bir go'r. Dilingni olar, Gulingni olar, Sezdirmay hamma, Pulingni olar. Ko'zi go'zal deb, So'zi go'zal deb, Sevaman devdim, Berdiku firib. Yolg'on o'q bo'lar, Vafo yo'q bo'lar, Qirq bir tuyaga, Makri yuk bo'lar. Sekin tashlar to'r, Do'stim ogoh bo'l, Bevafo qizlar, Hammasi bir go'r. Hammasi bir xil, Nag'masi har xil, Qomati boshqa, Omadi boshqa. Agarda sevsam, Aytib sevmasman, Ming qasam ichdim, Qaytib sevmasman. Uylansang do'stim, Shartmaskan sevgi, Ayollar ishqni, Tushunmas chunki. Go'shting bo'lib yer, Qilgay seni xo'r, Bevafo qizlar, Hammasi bir go'r!
Yonimda bo'lasanmi, Joningni berasanmi, Rostanam sevasanmi, Yo'g'e...

Yolg'onmisan chinmisan, Tunmisan yo kunmisan, Bu rostanam senmisan, Yo'g'e...

Topdimmi yo tengimni, Ko'ylak, yoqa, yengimni, Tushimmi bu o'ngimmi, Yo'g'e...

Bo'lar bo'lmas rashk qilib, Havasni ham ishq bilib, Aldamada ishqilib, Yo'g'e...

Devona bo'ldim deysan, Baxtim siz bildim deysan, Tushimda ko'rdim deysan, Yo'g'e...

Birovdan ortiqmanmi, Senga mos oshiqmanmi, Men senga loyiqmanmi, Yo'g'e...

Ko'nglingiz Ahaddami, Nima u boshqachami, E ha shunaqami, Yo'g'e...

O'ylayman, u sevmaydi, Go'yo nazar qilmaydi, Hech ishongim kelmaydi, Yo'g'e...
Dunyoni qirq marta daydib kelaman, Bir kun yoningizga qaytib kelaman, Siz uchun har qanday azobni yengib, Nima bo'lganda ham sizni sevaman! O'ylamang yosh o'tar fasli bahorim, Husnimni yo'qotsam, yo'qotsam borim, Mendan boshqasini tanlaydi yorim, Nima bo'lganda ham sizni sevaman! Yurakdan butunlay yulib yolg'onni, Yolg'on hayollar-la qiynamang jonni, Azizim ko'ngildan haydang gumonni, Nima bo'lganda ham sizni sevaman! Tushlarimga kirgan yuzni sevaman, Men uchun atalgan so'zni sevaman! Mensiz yasholmagan qizni sevaman, Nima bo'lganda ham sizni sevaman! O'pib ardoqlayman izlaringizni, Gullarga to'ldirgum ko'zlaringizni, Ahadga uzating qo'llaringizni, Nima bo'lganda ham sizni sevaman...!!!
Bir kunda ayrildim hamma narsamdan, Sevgimdan, do'stimdan ham omadimdan, Yetmish falak yig'lar mani dardimdan, Shirin baxtim qabrin qazgan maktublar, Diydor onlarini cho'zgan maktublar. Maktublar bitarding menga bir paytlar, Sevganing yozarding yozarding baytlar, Achchiq bir xotira endi bu xatlar, Seni eslatib dil ezgan maktublar, Siyoxmas qon bo'lib sizgan maktublar. Kelmading, kiprigim yuvildi yoshga, Kelmading, bahorim aylandi qishga, Birga o'tgan damlar o'xshaydi tushga, Qo'limda o'sha sen yozgan maktublar, Mani umidlarim uzgan maktublar. Kutmovdim, sevgilim hiyonatlaring, Kutmovdim, jon do'stim jinoyatlaring, Qaddimni sindirdi haqoratlaring, Goho seni o'rning bosgan maktublar, O'rtamizd
Ayriliqqa oshnaman, Visolingga tashnaman, Ko'z yoshlari chashmaman, Sensiz... Xijron ajal sharpasi, Armon uyqu ko'rpasi, Yolg'on hayot zarbasi, Sensiz... Dil titraydi jonsarak, Kelmaydi sendan darak, Menga omad ne kerak, Sensiz... Ko'zguga boqqim kelmas, Ko'chaga chiqqim kelmas, Bedorman uyqum kelmas, Sensiz... Ko'nglim kemasiz dengiz, Yurak osmonsiz yulduz, Qanday yashayman yolg'iz, Sensiz... Nigohlaring ko'ztumor, Qalbingda yashnar bahor, Mening qalbim qummozor, Sensiz... Honamdagi buyumlar, Changa botgan kiyimlar, Menga qo'shilib yig'lar, Sensiz... Sensiz alam ulfatim, Yolg'izligim kulfatim, Hayol nursiz zulmatim, Sensiz... Pullar sochilib yotar, Qalbim ochilib yotar, Qonim ichilib yotar,
Qanchalik istasam, bag'rim ochishni, Shunchalik istayman sendan qochishni, Iloji bormikan sendan kechishni, Yana sevarmikinman... Uchratarmikanman, sendan go'zalroq, Bugun hech kimim yo'q sendan afzalroq, Seni unutarman, ammo bir so'roq, Yana sevarmikinman... Bilmayman, bilishni istamayman ham, Bilganim yurakka zildek botar g'am, Borey deb men bugun sendan kechvorsam, Yana sevarmikinman... Tilimning ustida ko'ndalang tikan, Hasratim hech kimga ayta olmayman, Arosat hijrondan yomonroq ekan, Yana sevarmikinman... Bir toshga ikki bor qoqilgan odam, Qaytib o'nglolmaydi o'zini hecham, Bir umr bitmaydi ikkita yaram, Yana sevarmikinman...
Kecha bag'rimda eding, Bugun olissan mana. Nechun yiroqlab ketding, Yana sog'indim, yana! Sir aytaman armonga, Gul tutaman hijronga, Termulaman osmonga, Yana sog'indim, yana! Yoringman de suy mani, Diydorimga to'y mani, Kechirmayman deymanu, Yana sog'indim, yana! Joduli ko'zlaringni, Mehrli so'zlaringni, Shirin nafaslaringni, Yana sog'indim, yana! Nursiz kunga o'xshayman, Oysiz tunga o'xshayman, Sensiz qanday yashayman, Yana sog'indim, yana! O'tmaydi hech kun sana, Hotirang qilar ta'na, Yurak bo'ldi g'amxona, Yana sog'indim, yana! Ilk bora Ahad Qayum, Ko'z yosh to'kmoqda gulim, Sendadir hamon ko'nglim, Yana sog'indim, yana!
Показать ещё