Qaytding-u yurakda yondirding
gulxan.
Yana sochlaringni siladi qo‘lim,
Men seni sevaman, seni sevaman.
Bahorim kechikdi, kuzga uzrim bor,
Egasin izlagan so‘zga uzrim bor,
Umr yo‘ldosh bo‘lgan qizga uzrim
bor,
Men seni sevaman, seni sevaman.
Sen bilan bu telba ko‘nglim edi xush,
Sen-la o‘tgan damlar shiringina
tush,
Dil shoxiga qo‘nmay uchib
ketgan qush,
Men seni sevaman, seni sevaman. Ovozlaring buncha mayindir,
erkam,
Sen bo‘lsang bilinmas yurakdagi
g‘am,
Senga yetmaganim qilsa ham
alam, Men seni sevaman, seni sevaman,
Ko‘zlarim yo‘lingga boqar intizor,
Ilhaqman, o‘tsa ham qancha kuz,
bahor,
Kunu tun vaslingni kutarman
bedor,, Men seni sevaman, seni sevaman,
Boshga qor yog‘dirgan jonim
dard emas,
Xatoni qaytargan endi mard
emas.
Muhabbat yurakka qo‘ngan gard emas,
Men seni sevaman, seni sevaman.
Armonga aylanib ulgurgan GULIM,
Qaytding-u borligim qopladi
tuman.
Yana baxshidadir senga kunlarim,
Men seni sevaman, seni sevaman!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев