Предыдущая публикация
Uni azob yozgan uni dard
yozgan.
Kirib sevaman deb aytishga qo'rqib,
Eshiging tagida turgan mard yozgan.
So'rama bu she'rning muallifini.
Yomg'irday ivigan bulutday to'zgan.
Nimaga kirmadim nega aytmadim,
Uni afsus yozgan pushaymon yozgan.
So'rama bu she'rning muallifini.
Gapingni aytaman o'zini
ko'rsam.
Bechora siqilib yuruvdi o'zi.
Senga yoqqanidan bo'ladi xursan.
So'rama bu she'rning muallifini.
Bechor shoirda nima o'ching bor.
She'r o'qi kulsang kul yig'lasang yig'la,
Muallifi bilan nima ishing bor.
So'rama bu she'rning muallifini,
Uni sog'inch yozgan uni vaqt yozgan.
Kirib sevaman deb aytishga qo'rqib,
Eshiging tagida qolgan baxt yozgan...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев