Yekaterinburgning Sakko va Vansetti ko‘chalarida joylashgan "Venskiy dom" biznes markazi yaqinida mehnat muhojirlari uchun o‘rnatilgan hojatxonalar Yekaterinburg aholisiga yoqmay qoldi.
Bir guruh mahalliy aholi hojatxona kabinalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri maysazorga o‘rnatilganidan norozi bo‘lgan. Fuqarolarning qayd etishicha, hojatxonadan sassiq hidlar chiqar va bu ko‘pchilikka yoqmas ekan.
"Tushlik vaqtida 20-30 nafargacha muhojir navbatda turadi. Tasavvur qilyapsizmi, markaziy ko‘chalardan birida qanday yoqimsiz hid bor", - deya shikoyat qilgan shaharliklardan biri.
O‘z navbatida, uchastkada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan korxona vakillari ularning harakatlarida qonunbuzarlik yo‘qligini aytmoqda.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев