Bu muhabbatni ardoqlagan va vafo qilgan yurakga nasib etadigan dardmi? Bilmadim! Ehtimol alam ustida shunday deyotgandurman. Lekin rosti ham shuda. Ahir men uni juda qattiq sevardim. Menda nimaiki bor bo’lsa barini unga tuhfa etgandim. Ayni onlar manda hech narsa qolmadi. Azob va iztirob yuragimni shunday mavfq etgan-ki, mendan mehr kutganlarga ham shuni berolyapman halos. Qalbimdagi muhabbat bulog’ini unga tuhfa etib evaziga dard va hasratni sotib oldim. Eng yomoni endi ko’nglimda muhabbatni qayta uyg’onmasligi. Ahir hamma narsa ham dunyoga bir marotaba keladi. Mening sevgim ham shunday bo’ldi. Hali o’zligini anglamay turib hazon bo’ldi. Ha, uni butkul yo’qotdim. Qalbim izlagan va mushtoq bo’lgan eng pokiza tuyg’udan umrbodga ajradim. O’zimdagi bor sohira tuyg’ulardan ha mahrum bo’ldim. U meni tashlab ketdi. Ha, meni qalbimni vayron, sevgimni barbod qilib tashlab ketdi...
U mendan ko’p narsani talab qildi. So’raganlariga hech qachon yo’q demaganman. Hech kimda yo’q bo’lgan muhabbatni va sevgini istadi. Yaratgandan u uchun o’zimga shunday ishqni so’radim. Ollohim nolalarimga javob aylab telbalarcha muhabbatni tuhfa etdi. Uni shunday devona bo’lib sevib qolgandim. Uning uchun kecha-yu kunduz bedor bo’lishimni, ishqida ko’z yoshlarim daryo bo’lishi so’radi. Telba oshiqning ko’z yoshlari daryolardan-da cheksiz ummonlarga aylandi. Tilimga ismini, dilimga esa vaslini bog’lab qo’ydi. Tinmay uni o’ylayman. Nigohlarim tushgan neki mavjudlik bor, faqat uni ko’radi. So’zlaganda so’zdan adashadigan bo’lib qoldim. Tilim uning ismidan bo’lak hech bir so’zga aylanmay qoldi. Lekin unga bular ham kamlik qildi. Sevgimga ko’nikmay, hammadan kechib faqat uning asiri bo’lishimni talab qildi. Oshiqni yor vaslidan hech bir orzusi bo’lmaydi deb o’z istaklari zanjirini bo’ynimga osdi. Shu onlar menga bularning bari sharafdek edi. Men undan hech narsani talab etmasdim. Faqat istaklarini bajo keltirardim...
Afsus hozir ham shunday qilyapman. U meni azoblanishimni hohlab tashlab ketdi. Men uni bu istagini ham amalgam oshiryapman. So’zsiz bajaryapman. Achchiq-achiq ko’z yoshlar girdobiga g’arq bo’lishimni hohladi. Men o’z ko’z yoshlarim ummoniga cho’kayapman. Sen menga hattoki taqdirim hukmini o’qib ketding. Izlaringni sog’inib jon taslim qilsam, ko’zlarim hamon senga intizor ochiq ketishi kerak. Tilimning so’nggi so’zi ham sening ismingni aytishi, yuragimning ham so’nggi vidosi sen bo’lishing kerak. Ahir bu azoblarni qaysi gunohim uchun menga ravo ko’rding. Sevganim uchun shu azoblarni mukofot deb bildingmi? Seni sevib umrim faqat seni deb o’tmoqda. Na rohat, na farog’at topdim. Yo’q! Yo’q, men sendan qandaydir mukofot yoki sevgi so’ramadim. Ammo azoblarni ham kutmagandim. Ayt ahir senga nima qilganim uchun meni shunday jazolayapsan. Men senga loyiq bo’lmadimmi? Sevgimda nuqson bormidi? Orzularing taxtini muhabbatim bilan bezay omadimmi? Ayt! Hozir ayt! Umrim borida sening istaklaringni hammasini tuhfa etay. So’nggi nafasimgacha seni sen hohlaganingcha sevay...
Ko’zlarimga mo’ltillab yosh kelaveradi. Ammo yuzlarimni yuvmaydi. Nigohlarimda qotib turaveradi. Borliqning har giyohiga quloq tutaveraman. Balki uning yonidan shivirlab o’tgandursan. Shu haqida aytar deb umid qilaman. Seni tabiatning har parcha yeridan izlayveraman. Umidim, balki meni ham izlayogandursan. Talbalarcha hamma yoqni kezaman. Topolmaganimda ko’z yosh to’kib ismingni aytib yig’lashni istayman. Lekin ulardan ham mahrum bo’lganman. Sen sabab, sevgim sabab. Menda dunyoning bir ranggi qoldi. Faqat qora. Zulmatning zim-ziyo rangari. Boshqa bo’yoqlar muhabbatda. Ammo muhabbat meni tark etgan. Nasib etgan ekanda tirik vujud bilan so’ngsiz o’limni ko’tarib yurmoq. Seni isming bilan tirik yurmoq. Yoding bilan o’lmay yashamoq. Men shunday jazoga mahkumman. Armon dunyosida eng baxtsiz oshiq bo’lib yashamoqqa mahkumman. Sen sabab, sevgim sabab...
Sevib sengingga erishmoq qo’limdan kelmadi. Ammo o’lgim kelsa ham o’lolmayapman. Men hech narsa qila olmayapman, hech narsa. Jazolaring meni yemirib borayapti. Yuragimni kemirib borayapti. Ko’zlarim nuridan ayrilgan. Tillarim so’zidan, quloqlarim esa tinglashdan qoldi. Lekin yuragim urib turibdi. Ismingni aytib, ko’ksimga tepib turibdi. Yurakga hech narsa kor qilmaydi. Uning ham quloqlari kar. Buyruqlarimni, istaklarimni eshitmaydi. Faqat jon taslim qilish qoldi halos. Bu iznni yaratganim bersa bo’ldi. Ammo bir bor ko’ray. Ovozingni eshitay. Hayotga qaytib roziman yana seni sevay. Faqat bir bor kel. Azoblaringga bardosh bergan oshig’ingni mukofotla. Sendan o’tinib so’rayman. Yonimga kel. O’tinib so’rayman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев