Alvido... Seni sekingina kuchsiz aytgan bu so’zing nafaqat sevgimizga, balki mening butun hayotimga yakun yasadi. Shu so’z meni dunyolarimni qorong’u etdi. Umrimni tugatdi. Qanchalar azob va iltijolar ila topgan muhabbatimni nahotki shu oddiygina shu so’z bir laxzaning o’zida yo’qqa chiqarsa. Yo’q. Men chiday olmayman. Sevgimning ko’zlarin yoshlatib armonlar girdobiga qo’yib yubora olmayman. Ahir mening tirikligim edi bu muhabbat. Nahot jimgina qolar sevgimiz yetim. Bo’zlatib tashlab ketishga qurbing yetarmi? Ammo also men bunday qila olmayman. Men ayriliqni oson tan ololmayman. Men sensiz yashay olmayman. Qalbimni tirnagan mening gulyuzim, endi ishqning yoqimli kuyi o’rniga ayriliqning nola
Sog'inch bunchalar ham azobli ekan?! Sevsang muhabbatdan emas sog'inchdan qiynalar ekansan. Sevgi! Ba'zan jo'shqin ba'zida esa sokin. So'zsiz azob beradi. Na bir iloj bor na bir imkoniyat. O'zingni holatingni o'zing tushunmaysan. Boshqaga ham tushuntirib bera olmaysan. Darding badaningni ezadi-yu bir chimdim davo yo'q. Ammo bularning hammasi juda yoqimli. Nazarimda faqat kulib yuradigan bo'lib qolganga o'hshayman. Nigohlarim o'ngida uning go'zal chexrasi muxrlanib qolgan. Shu chehrani sog'inaveraman, talpinaveraman. Ko'zlarimni yumsam ham ochsam ham faqat uning vasli! Dardim uning sog'inchi, orzuyim esa uning visoli bo'lib qolgan. Yuragimni shunday zabt etdiki hech bir laxza uni inkor etib b
Salom azizam. Tunni yana birga qarshi olmoqdamiz. Bilaman, hozir sen ham mana shu tun og’ushida sevgi hayoli bilan bandsan. Go’zalim seni sevib muqaddas tuyg’ularning qanchalik go’zal ekanligini va yurak ular bilan yashnashini tushunib yetdim. Bugun sevgim daftarining zarvaroqlariga oltin harflar bilan bitiladigan eng shirin laxzalar bo’ldi. Senga muhabbatimni izhor etdim. Hozir ham yuragim shunchalar tez urayaptiki kuchli hayajon qalbimni qamrab olgan. Ko’zlarimda ishqning olovi yanada porlab yonmoqda. Necha bor shu izhorni bayon etmoq uchun o’zimda kuch yig’dim. Dadillikni aynan yuragimdan topdim. Negaki undan bo’lak hech bir narsa menga bunchalik jasoratni baxshida eta olmasdi. O’zimni qa
Sevgi sirlarin ko’ngil mulkiga naqsh aylab ishqning chin asiri bo’lgandim. Uning nomini aytib tonglarimni qarshi olardim. Sog’inardim seni, vaqtning har laxzasida. Lekin ishq bilan to’lib-toshayotgan shu ko’ngilga g’ariblikni va ozorlarni munosib deb bildi. Bilmadim nima uchun?! Balki yanada to’lib-toshib seva olmaganim uchunmikin? Men borim bilan, vujudim bilan sevgan edim. Bundan ortiq yana qanday sevish mumkin edi. Umrimni bergandim shu sevgi uchun. Endi esa o’sha umrim hijronlarga to’ldi. Ayriliqning dardlariga qurbon bo’ldi. Jon-jonimdan o’tirb ketyapti. Uni sevib sevgimga erisha olmadim. Ayrilib esa unutish qo’limdan kelmayapti. Odamlar sevgi haqida bunchalar oson gapirishadi-ya. Hukmn
Sevgi, ishq, muhabbat! Asli bu go’zal tuyg’ularni kim qadrlaydi? Kimning yuragida u erkin yashaydi? Kimga xiyonat qilmaydi? Kimning qalbida u mangu? Shu haqida ko’p o’yladim. Qalbimdagi bu nafis tuyg’ularni faqat va faqat sen asray olashingni sezmoqdaman. Senga bag’ishlay olsam arziydi asli bu ko’ngilni. Azizam, mening umrimga yo’ldosh mehribonim, suyukligim. Qalbimda jo’sh urayotgan bu tuyg’ular xatto muhabbatdan-da a’lo, ishqdan-da olovli, sevgidan-da kuchlidir. Ammo otashi shunday haroratliki seni va ko’nglingni har qanday izg’irindan, sovuqdan asraydi. Qalbing mendagi mehrdan shunday jo’shadiki also bu tuyg’uga muhtojlikni sezmay o’tasan. Negaki mening jufti halolim, orzularimning yo’ldo
Kechikkan ishq. Bu hammasidan farq qiladi. Sevgidan ham, muhabbatdan ham. U chinakamiga yurakning tuganmas og’riqli dardi. Nega shunday? Shu muhabbat deganlari o’z vaqtida bo’lsa bo’lmasmikin. Hayoting bir tekisda ketayotgan vaqtda to’satdan yo’lingdan paydo bo’larkanku, o’zingni ham hayotingni ham izdan chiqarib yuborar ekan. Sendan hech narsa talab qilmaydi. Lekin sen ham undan nimani istashingni bilmaysan. Istaganing baribir bo’lmaydi. Bu ish shunchalar dardli, shunchalar azobliki unda na orzular tug’iladi, na bir quvonch yashaydi, na bir yorug’likni ko’ra olasan, na bir kelajakni. O’zi kech keldi, yana o’zi bilan armonni olib keldi. Yuragingga uning ilk tuhfasi ham shu armon. Istaysanmi-
Qalbim qiynoqda. Yuragim olov bo’lib yonmoqda. Dil berib suyganim meni sog’inch azobida qiynashga mahkum etdi. Necha kundirki qalbimning o’g’risi suyukli malikam go’zal ruxsorini ko’rmoqlik baxtidan mosuvo etmoqda. Iltijo-yu nolishlarimni rad etmoqda. Beparvolik bilan jamolini ko’rish zavqini qizg’anmoqda. Nahot qalbim olov kabi yonayotganidan, sog’inchlarga bardosh berish mushkul bo’layotganidan baxabar bo’lsa? Hatto, jonimga oro kiruvchi qo’ng’iroqdek ovozlarining jaranggidan ham maxrum etmish. Nega shunday? Nahotki, u shu jazo bilan rohat topsa? Huzurlansa? Asir uchun yor jamolidan yor jamolidan ko’ra go’zalroq chexra, uning ovozidan ko’ra yoqimliroq ovoz bo’lmas ekan. Nazarimda u shunday
Sizni sog’indim. Bilaman siz meni sog’inmagansiz. Chunki asli sevmagansiz ham. Ishq neligin anglamagan inson sog’inch hissini tuyarmidi? Ammo asl oshiqqa sog’inch, hijron haqida also so’z ochmang. Uning shundoq ham azob chekayotgan yuragini bu so’zlar bilan qiynamang. Agarda uning yana umid, yana quvonch porlashini istasangiz unga faqatgina o’sha mashuqi haqida xabar olib keling. O’shanda uni hayotga yana qaytarasiz. Men ham shunday shunday xabarga mushtoqman. Sizdan keladigan bir og’iz kalomni shunchalar sog’inmoqdamanki buni tasavvur qila olmaysiz. Mayli o’zingiz kelmang. Ammo bir og’iz salomni men g’aribingiz uchun yo’llab qo’ying. Sizni sevganim uchun emas siz uchun kunda bir o’lib bir t
Hijron, sog’inch, so’ngsiz azoblar. Bu muhabbatni ardoqlagan va vafo qilgan yurakga nasib etadigan dardmi? Bilmadim! Ehtimol alam ustida shunday deyotgandurman. Lekin rosti ham shuda. Ahir men uni juda qattiq sevardim. Menda nimaiki bor bo’lsa barini unga tuhfa etgandim. Ayni onlar manda hech narsa qolmadi. Azob va iztirob yuragimni shunday mavfq etgan-ki, mendan mehr kutganlarga ham shuni berolyapman halos. Qalbimdagi muhabbat bulog’ini unga tuhfa etib evaziga dard va hasratni sotib oldim. Eng yomoni endi ko’nglimda muhabbatni qayta uyg’onmasligi. Ahir hamma narsa ham dunyoga bir marotaba keladi. Mening sevgim ham shunday bo’ldi. Hali o’zligini anglamay turib hazon bo’ldi. Ha, uni butkul yo
Peshonangda yillar izin solarkan. Yoshlik yomg'irdayin yog'diyu o'tdi, Dunyo berganini qaytib olarkan. Odam arimagan xovli endi bo'sh, Izzatu ikromlar o'tib ketgan tush. Qadring to'kilarkan to'kilgandek tish, Dunyo berganini qaytib olarkan. Kecha tillo sochib o'ynagan zotlar, Bugun nochorlikdan indamay dodlar. Dengizin sog'inib yig'lar qirg'oqlar, Dunyo berganini qaytib olarkan. Nafsning zanjiridan uzilu unut, Vaqting kelishini ozod bo'lib kut. Deya o'tib ketti yonimdan tobut, Dunyo berganini qaytib olarkan.
Показать ещё