Qo`l yetmagan orzu Kechqurun darslarimni tayyorlab bo`lgach, uyali
telefonimni radioto`lqinlarga sozlab, eshitish
moslamasini qulog`imga ilgancha hayol surib
uyquga yotishni yoqtiraman. Bugun ham shunday.
Yotog`im yonidagi tungi chiroqni yoqib, musiqa
tinglash uchun o`rnimga yotdim. Radiodan taralayotgan qo`shiq meni bir muddat o`tmishni
eslashga majbur qildi:
“Salom, bahor! Suyukligim go`zal bahor,
Betakrorsan, qalbing doimo beg`ubor...”
Yana har doimgidek shirin xotiralar, armonli o`ylar
o`z qa`riga torta boshladi. Yuragimni tilib ketgan alamlar bir-bir ko`z o`ngimda namoyon bo`la
boshladi... Bu voqeaga bir necha yillar bo`lgan
bo`lsa-da, huddi bari kecha bo`lib o`tgandek,
o`s