Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
"Yuventus" himoyachisi Patris Evra 6 iyun kuni chempionlar ligasi finalida "Barselona" hujumchisi Luis Suaresning qo'lini siqib qo'ymoqchi.
Eslatib o'tamiz, 2011 yilda Evra "MYu" safida o'ynagan chog'ida "Liverpul" hujumchisi Luis Suares unga nisbatan irqchilik qilib haqoratlagan va oqibatda urugvaylik futbolchi 8 o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
"Ko'pchilik menga shu mavzuda savol beradi. Bu erda qo'rqinchli hodisa yo'q. Men qora tanli ekanimdan faxrlanaman. Hech qanday muammo ko'rmayapman va Suaresning qo'lini siqib qo'yaman", - deydi Evra.
"MYu" Depay uchun 43 mln. evro to'lagan PSV vingeri Memfis Depay uchun "Manchester Yunayted"ning qancha mablag' sarflagani oydinlashdi, deb yozadi euro-football.ru. BBC jurnalistlarining ma'lum qilishicha, "qizil iblislar" 21 yoshli golland futbolchisini qo'lga kiritish maqsadida 43 million evrodan voz kechishgan. Avvalroq Depay bilan "Barselona", "Real" va "PSJ" klublari qiziqayotgani xabar qilingandi. Ammo bu kurashda omad faqat "Manchester Yunayted"dagina kulib boqdi.