Предыдущая публикация
Kulib boqgin go'zal olamga
Sir bermagin g'amga alamga
Faqat intil yorug' kunlarga
Hohi shodlik hoh kelsa qayg'u
Kanda qilma orzu qilishni
Qolmasa ham bir najon urg'u
Faqat bilgin sabr qilishni
Hohi shodlik hoh kelsa qayg'u
Goh musaffo gog esa tutun
O'tar kunlar yorug' qorong'u
Shu erurkan o'zgarmas qonun
Gohi shodlik gohida qayg'u
Do'stim aslo taslim bo'lmagin
illo hech ham tashvish ko'rmagin
Nomardga nopokga boshing egmagin
Hohi shodlik hoh kelsa qayg'u
Quvonma do'stlaring bisyor bo'lsa ham
Sanog'in ko'ramiz omad ketgan dam
Chin do'sting yelkadosh kunlar kelsa ham
Hoho shodlik hoh kelsa qayg'u
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев