Hayollarim doim senla band
Qani unga taskin topolsam
Ikki ko'zim doim senla band
Visolingdan etgin bahramand
Kuch topolsam aytayin senga
Chek qo'yardim barcha azobga
Ko'ksim tutdim armon tig'iga
Visolingdan etgin bahramand
Mayli bo'lmay molu davlatim
O'tsamhamki omadsiz baxtsiz
Poyingdadir barcha sarxatim
Visolingdan etgin baxramand
Sevging seni etdi menga jon
Gohi yurak chak-chak qatra qon
Bir-bor boqib jonim baxt tomon
Visolingdan etgin baxramand
Hilvat go'shasida qolsam men tanho
Bog'da gul emas tikonlar ko'p goho
Bag'ringda jonimni etay asir,band
Visolindan etgin baxramand
Go'zalim ,jonginam sensiz men go'yo
Qanoti qayrilgan oq qushman ishon
Kulgingsiz chehrangsiz erurman go'yo
Quyoshi porlamay yig'lagan osmon
Mana men holatim ayladim bayon
Anglagach yuraging bo'lsa gar vayron
Shunda ham yuragim etmasdan payhon
Visolingdan etgin bahramand
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев