Ko'zda yosh... Unuting, deysan chorasiz,Nahot sevdim seni unutmoq uchun...Hajringda toabat g'am yutmoq uchun...Hilol qoshing asov, kipriklaring o'q,Quyoshga qo'r tutar diydangdagi cho'g',Sening kulging axir hech bir qizda yo'q,Nahot sevdim seni unutmoq uchun...Hajringda toabat g'am yutmoq uchun...To'fonlar qo'zg'olsin qaytmasman ortga,Jonimsan! Jonimni bermasman yodga,Bag'rimni to'ldirib ketma faryodga,Naxot sevdim seni unutmoq uchun...Hajringda toabat g'am yutmoq uchun....Hali tong oldinda, shoshma ey go'zal,Baxt kuttirib sinar, dard ahlin azal,Unutgandan ko'ra, kutganim avzal,Nahot sevdim seni unutmoq uchun...Xajringda ruhimni sovutmoq uchun...Sevgilim, sevgilim, sevgilim tushun...Seni sevganim yo'q unutmoq uchun...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев