Предыдущая публикация
Hali quyosh botganicha yo'q,Hammasiga ulgurish mumkin.Fikru yodim band etgan bir his,Derlar, vasling bahosi baland.Biroq meni sevardi... u qiz,Qandoq yashar begona bilan ?!Karnay-surnay chalinar shitob,Sho'x yallalar chiqar avjiga.O'zim bilan o'zim ushbu tob,G'arq bo'laman dardlar mavjiga...Yo Rab! Qayda adashdim bilmam,Kunlarimni qoraga bo'yar ?!Orzular puch, tuyg'ular mubham,Xatolarim ko'ksimni o'yar...Aybim nedur?! Yo Parvardigor,Qiz ko'nglini bilmaganimmi ?Shuncha kuyib ishqida, bir bor -Sevgi isxor qilmaganimmi ?!...Xar nafasda sitamlar turtib,Yuragimda so'ndi so'nggi cho'g'...Hali quyosh botmasdan turib,Ulgurganlar ichida men yo'q !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев