Shabnamga termulib g'ubor
izlama,
O'ziga yukunib yig'lasang goh-
goh,
Nasibang berguvchi Olloh
bor ,Olloh
Tiriksan ,tugamas sira armoning,
Mehnating,tuzingdan topgan
darmoning,
Gullab ketmasa bas tilda
yolg'oning,
O'zingni o'zingdan etolsang
ogoh
Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh
Odamzod azaldan tomoshaga
o'ch,
Yo'lbars yo'llaringda har kun
kelmas duch,
Himoyaga topsang vujudingda
kuch,
O'zing o'zgalarga qazimasang
choh,
Seni asraguvchi Olloh bor Olloh.
Kunduz quyosh ,oqshomda oy
arzanda,
Yo'lga yarashasan yursang
Vatanda,
Nogoh chaqib olsa bitta gazanda,
Dod solma, axir bor boshingda
panoh,
Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh.
Kelibsan ayo do'st ,ketishdan
qo'rqma,
Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan
qo'rqma,
Mangu makoningga etishdan
qo'rqma,
dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH,
Bandamsan deguvchi OLLOH bor
OLLOH....!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев