Предыдущая публикация
Dilga tushar hayajon.
Bir yil tinmay izlanding,
Omad senga ukajon.
Kimdir tinmay o'qiydi,
Kimdirda tanish-bilish.
Ollohdan men so'ragum,
Haqqoniy bo'lsin kirish.
Talaba bo'l, gashtin sur,
Talabalik ham bir baxt.
Eng gullagan oltin davr,
Talabalik eng zo'r taxt.
Birinchi avgustgacha,
Kunlar sanab ko'p kutding.
Yana biroz qil harakat,
Sabr qil, deyarli yutding.
Dangasalik qilmagin,
O'qi, izlangin faqat.
Shijoatli bo'l doim,
Mevasin totarsan albat.
Hayot qonunidir bu,
Kimda bilim, kimda pul.
Boyning miyasi bo'm bo'sh,
Bilimi bor bo'lmas qul.
Birinchi avgust kuni,
Barcha omadlar senga.
Bossada seni hayajon,
Ishon faqat o'zingga.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев