U yerdan 1.10m balandlikda burchakka o'rnatilgan bo'lib atrofi sof kumush qoplama bilan himoyalangan. Qora tosh turgan joy oq ko'rinadi. Boshida tosh bir butun bo'lgan lekin bazi voqealar tufayli mayda bo'laklarga bo'linib ketgan, hozirda faqatgina 8 dona bo'lagi bor, ulardan eng kattasi hurmo shaklida.
(The Karmathians')qarmatayn qabilasi toshni olib ketib 22yil qaerdadir yashirib qo'ydilar. (wikipediada 23 yil hozirgi Bahrain yerida yahshirib qo'yilgandi deyilganakan http://en.wikipedia.org/wiki/Black_Stone ) 339 yilda tosh o'z joyiga olib kelib qo'yildi.
Birinchi bo'lib Qora toshning atrofiga kumush qoplama qilgan Abdullah Bin Az-Zubayr. Ohirgi ta'mirlashlar 1422yil Qirol Fahd Bin Abdul Aziz zamonida bo'ldi. (Alloh ikkisidan rozi bo'lsin). (Ohirgi Saud Qirollari davrida Masjid Al Haram va Masjid Al Nabaviyda ancha yangilash,kengaytirish, ta'mirlashlar bo'lganakan.)
Payg'ambarimiz sav. o'zlaridan oldingi payg'ambarlar kabi Qora toshni o'pganlar. Shuning uchun tavof qilayotib uni o'pish yoki qo'l bilan istilom qilish ma'qul ammo qilishga imkoni bo'lmasa uzoqdan unga ishora qilib Takbir aytadi (Bismillahi Allohu Akbar deydi).
Qora tosh haqida bazi rivoyatlar hadislarda kelgan, bulardan: 1. (tarjimasini aniq qilaolmadim)Abdullah Bin Umar (ra) said: "I heard the messenger of Allah sav. saying: Indeed the Yemeni corner and the Station of Ibrahim are two corundums among the corundums of Al Jannah but Allah blotted out the their light. Had He not blotted out their light they would have illuminated the distance between the East and West" At Termiziy Hadis (877-878)3juz, 226bet.
Ibn Umar (ra)rivoyat qiladilar: "Rasulullah shunday deganlarini eshitdim: Ikkisini qo'l bilan silash gunohlarni o'chiradi. Qora tosh va Yamaniy burchak." At Termiziy Hadis (959)3juz, 292. (Shuningdek yuqoridagi Shayh hazratlarining javoblaridagi hadislar ham kelgan.)
Manba:
Makka Al-Mukarramah
History and Milestones, Mahmoud Muhammad Hamw, 2010
-----------------------------------------------
Payg'ambarimiz sav.ga payg'ambarlik kelmasidan avval Kaabaga o't ketib ta'mirlash kerak bo'lganda Qora toshni olib qayta o'rnatish kerak edi, shunda Makka urug'lari orasida kelishmovchilik bo'lganda Muhammad sav. muammoga yechim topib toshni bir matoga solib uni atroflaridan har bir urug' yetakchisi ushlab birga qo'yishgan va barcha bundan qoniqqanligi manbalarda kelgan, aniq manbasi Payg'ambarimiz sav siyrat kitoblarida bo'lsa kerak.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев