Agar bilmasangiz quyidagi maqolani o'qishni tavsiya etamiz.
9-10. «Roma» - 9 ta kubok
Rimliklar 9 karra Italiya kubogi g'olibi hisoblanishadi. Poytaxt klubi sovrinni birinchi marta 1964 yilda yutgan bo'lsa, oxirgisini 2008 yilda qo'lga kiritgan. «Roma» shuningdek 8 marta kubok finalida imkoniyatni boy bergan.
7 - 9 . «Yuventus» - 10 ta kubok
Turinning «Yuventus» klubi Italiya kubogini 10 marta qo'lga kiritgan. «Keksa sinorilar» ilk bora 1938 yilda kubok sohibiga aylanishgan bo'lsa, oxirgi marta 1995 yilda sovrinni o'z muzeylariga olib kelishgan. «Yuventus» 20 yildirki Italiya kubogida muvaffaqiyat qozona olmayapti.
7- 9 . «Marsel » - 10 ta kubok
Frantsiya kubogiga eng ko'p sazovor bo'lgan jamoa bu «Marsel»dir. Ushbu jamoa 1924 yilda dastlabki kubokini qo'lga kiritgan. Klub 25 yil muqaddam oxirgi marta kubok g'olibi bo'lgan. «Marsel» finallarning 8 tasini boy berganligini ham ta'kidlab o'tish joiz.
7- 9 . «Atletiko» - 10 ta kubok
Madridning «Atletiko» jamoasi Ispaniya kubogiga 10 marta sazovor bo'lgan. Ularning dastlabkisi 1960 yilga, oxirgisi esa 2013 yilga to'g'ri keladi. Poytaxt klubi 9 ta finalda imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan cheklangan.
6. «Manchester Yunayted» - 11 ta kubok
Angliyaning eng sovrindor jamoasi hisoblanadigan «Manchester Yunayted» 11 marta kubok sohibi bo'lgan va 7 ta finalda yutqazib qo'ygan. «Qizil iblislar» ilk bor 1908 yilda, oxirgi marta esa 2004 yilda Angliya kubogini yutib olishgan.
5. «Arsenal» - 12 ta kubok
Londonning «Arsenal» klubi Angliya kubogida 12 marta muvaffaqiyat qozongan. «Kanonirlar» ilk bor 1930 yilda, oxirgi marta esa 2015 yilda ushbu sovringa ega chiqqanlar. «Arsenal» hisobida boy berilgan 7 ta final mavjud.
4. «Bavariya» - 17 ta kubok
Germaniya gegemoni «Bavariya» kubok bahslarida 17 marta muvaffaqiyat qozongan. Myunxenliklar 1957 yilda birinchi bor, 2014 yilda esa oxirgi marta kubok g'olibligini tantana qilishgan.
3. «Real Madrid» - 19 ta kubok
Chempionlikni qo'lga kiritish borasida kuchli beshlikning rekordchi jamoasi, kubok g'oliblari orasida 3-o'rindan joy oldi. «Real» Ispaniya kubogida 19 marta muvaffaqiyat qozongan. Shu bilan birga 20 ta finalni boy bergan. Madridliklar 1905-1908 yillar ketma-ket 4 bora kubokni o'z muzeylariga olib ketishgan.
2. «Atletik Bilabo» - 23 ta kubok
Bilbaoliklar Ispaniya kubogini qo'lga kiritish borasida hattoki «Real»dan ham oldindalar. «Atletik» hisobida 23 ta kubok mavjud. Ushbu jamoa 1930-1933 yillarda ketma-ket 4 marta kubok bahslarida tengsiz bo'lgan. Afsuski «Atletik» 31 yildan buyon kubokda g'olib chiqa olmayapti.
1. «Barselona» - 27 ta kubok
Kuchli beshlik chempionatlarining, kubok bahslarida eng ko'p g'alaba qozonish borasida «Barselona» mutloq peshqadamdir. Kataloniyaliklar Ispaniya kubogiga 27 marta sazovor bo'lishgan. «Barsa» dastlabki sovrinini 1910 yilda, oxirgisini esa 2015 yilda yutgan. 1951-1953 yillarda esa Kataloniyaliklar ketma-ket 3 bora kubokni o'z muzeylariga olib ketishgan.
tkazdi.Bu o'yinda Barselona Sampdoriya klubi ustidan 3:2 hisobida ustun keldi va "Gamper kubogi" sohibiga aylandi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев