Shu haftada homiladorlikni aniqlovchi testni amalga oshirish mumkin.
Chunki hayz kelmagan, demak homilador bo'lish ehtimoli katta. Ushbu davrda ayolda homiladorlik alomatlari o'tgan haftaga nisbatan sezilarliroq bo'lishi mumkin. Xususan, bosh og'riqlar, ko'ngil aynish, yig'loqilik, o'ta sezgirlik, ishtahaning oshishi yoki kamaygani, uyquchilik va hokazo. Lekin ba'zi ayollarda homiladorlikning alomatlari sezilmasligi ham mumkin. Bu normal holat bo'lib, xavotir olish o'rinsizdir.
Homiladorlik 3 trimestrga bo'linadi.
1-trimestr: homiladorlikning 13 haftasigacha davom etadi;
2-trimestr: homiladorlikning 14-27 haftalari oralig'ida bo'ladi;
3-trimestr: 28-42 haftalari oralig'ida bo'ladi.
1-trimestr homila rivojlanishidagi eng muhim va keskin rivojlanuvchi davrdir. Aynan shu davrda homila tushish ehtimoli kattaligi tufayli unda ayol o'z salomatligiga o'ta e'tiborli bo'lishi talab etiladi.
Embrion uzunligi 1.5-2.5 mm bo'lib, u silindr shaklini o'xshatadi. Homila kerakli ozuqani ayol qonidan olmoqda. Aynan shu haftada uning yuragi shakllanadi va uning urishini maxsus Ultra tovushli diagnostika apparatida eshitish mumkin bo'ladi. Bu davrda bolada vujudga kelishi mumkin bo'lgan ayrim tug'ma nuqsonlarni oldini olish maqsadida foliya kislotasini ichib yurish tavsiya etiladi.
Boshqa vitamin va dorilarni shifokor tavsiya qilmagan bo'lsa, ichmaslik kerak...!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 67