Shirksiz ahvolingni Rahmon
qutqarur.
Olti tarafing ham tuyulsa qafas,
Baytulloh joylashgan tomon
qutqarur. To‘plab mol-davlatin, ne bo‘lsa
borin
Islom deb xalq ishga solsa-da
korin.
Ummatning sharafin, nomus-u,
orin Birgina fidoiy qurbon qutqarur. Qiyomat dahshati - eng
ayanchli dam,
U Kunga taraddud ko‘rganlar
hurram...
Dunyoning ilmini teshib
o‘tsang ham Shafoati bilan Qur’on qutqarur. Chirkin tarixlardan bezillab
yurak
Tinglamoq istaydi yaxshi bir
darak.
Bashar yuz o‘girgan o‘tmishni
beshak Payg‘ambar yashagan zamon
qutqarur. Qiyomat oldidan o‘zgarar
xilqat,
Chunki dunyo uzra ovoza:
Diqqat!
Iyso tushgach, sodir bo‘ladi
faqat Yiqilgan yaxshini yomon
qutqarur! Aqli borlar ko‘zni katta
ochdilar,
Xoyu havaslarni yerga
sochdilar.
Eng so‘nggi lahzada baytga
qochdilar, Ularni Nuh kutgan to‘fon
qutqarur. Biz shuni istadik, qalbda yo‘q
gumon,
Birgina duo-la o‘rnatdik
qo‘rg‘on:
"Ixdinas sirotol mustaqiym"
debon... Bu katta balodan to‘g‘on
qutqarur. Xolis yashashmoqdan o‘zga bir
matlab,
Yo‘q ekan o‘zga bir tariqat,
mazhab.
Hammasi ketadi qalbingni
g‘ashlab... Qutqarsa, bir kuni iymon
qutqarur.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев