Ezgulik – umrimning savobi,
Qo‘y, endi yig‘lama ko‘ngiljon,
Bor, axir, barchasin hisobi.
Qo‘lni ber, pok joyga ketamiz,
Yomoni yo‘q joyga ketamiz.
Ko‘zlarim qadalgan samoga,
Tashnaman bir hovuch ziyoga.
Charchadim zaharli so‘zlardan,
Yur, endi g‘iybat-u ig‘voning –
Zamoni yo‘q joyga ketamiz,
Yomoni yo‘q joyga ketamiz.
Chopamiz quyoshning izidan,
O‘pamiz gullarning yuzidan.
Qizarib, bir shirin tuyg‘ular,
Topamiz lolaning ko‘zidan.
Armoni yo‘q joyga ketamiz,
Yomoni yo‘q joyga ketamiz.
Ko‘zimni sevinch ham yoshlasin,
Qo‘limni omad ham ushlasin.
Tishlarning izi bor ko‘ksimda,
Endi baxt labimni tishlasin.
Ziyoni yo‘q joyga ketamiz.
Yomoni yo‘q joyga ketamiz.
“Yilt” etgan ziyoga zor ko‘nglim,
Biz istar dunyolar bor, ko‘nglim.
Mushtoqdir baxtlarga bu dilim.
Yig'lama yig'lama jon ko'nglim.
Yolg'oni yo'q joyga ketamiz.
Bevafo yo'q joyga ketamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев