Mavzularga qayting
Jamshid Toshpulatov
A’zo
20 апреля
1. Eringizni doim xursand
bo'lib kutib oling.
Ko'pincha ish, xizmat safari
yoki o'qish bilan bog'liq safar
deb erkaklar oiladan uzoqqa
ketishga majbur bo'ladilar.
Uyga qaytib kelishi
daqiqalarini baxtiyor va
yoqimli qilish uchun eringiz
kelganida uni tabassum bilan,
mehringizni berkitmay, chiroyli
bo'lib kutib oling. Gapni faqat
yaxshi yangiliklardan
boshlang. Eringiz siz uni
qanchalik kutib sog'ingan
ekanligingizni his etsin.
2. Eringiz bilan
suhbatlashayotganda muloyim
bo'lib shirin gapiring.
Bunday muomalani faqat er
bilan qilish mumkin, boshqa
erkaklar bilan man etiladi.
3. Doim go'zal bo'lib yuring.
Albatta xar bir ayol o'zicha
go'zal bo'ladi, lekin go'zallik bu
nafaqat tabiiy ko'rinishdir,
balki ayolning o'ziga qarab
yurishi, ko'ylaklarining tozaligi,
nafis hid taralib turishi, tirnoq
va sochlarining tartibdaligi,
eriga yoqadigan xulq-atvorda
bo'lishidir.
4. Jinsiy aloqada eringizga
qarshilik ko'rsatmang.
Jinsiy aloqa qilishdan oldin
toza bo'ling, eringizga yoqimli
bo'lib oling.
5. Eringiz moliyaviy ahvolidan
nolimang.
Olloh berganiga shukur qilib
yuring. Eringiz ishlarida
qiyinchiliklar bo'layotgan
davrda unga har tomonlama
dalda bo'ling.
6. Boylikka o'ch bo'lmang.
Eringiz ruxsatisiz uydagi
pullarni ishlatmang, eringizga
yoqmagan narsalarga pulni
ishlatmang.
7. Eringiz qilayotgan mehnatini
qadrlang va unga minnatdor
bo'lishni biling.
Agar eringizga doim
minnatdor bo'lsangiz sizni
yanada sevib, yanada ko'proq
xursand qilishni istaydi.
Minnatdorchilik RAHMAT
so'zida emas, balki sizning xar
bir harakatingizda namoyon
bo'lmog'i lozim.
8. "Xo'p" deyishni biling.
Eringiz aytganini qiling. Doim
esingizda bo'lsin: ER-oila
boshi, XOTIN esa yordamchi va
maslahatchi.
9. Eringiz kayfiyati yomon
bo'lsa uni tinchlantirib,
yordam bering.
Eringiz jahlini chiqaradigan
narsalarni qilmang, agar jahlini
chiqargan bo'lsangiz va
aybdor bo'lsangiz kechirim
so'rang.
Jahli chiqqan payti ko'p savol
beravermang, nega jahli
chiqqani yoki kayfiyati yaxshi
emasligi haqida aytishini talab
qilavermang. Agar oilangizga
tegishli bo'lmagan mavzuda
eringiz gapirishni istamasa
sabr qiling, jahl o'tib hammasi
joyiga tushadi.
10. Eringizga sodiq bo'ling.
Ayniqsa eringiz ishida
muammo bo'lsa, yo kasal
bo'lib yotsa unga sodiq qoling.
11. Eringiz uyda bo'lmaganida
uyni, bolalarni va o'zingizni
asrang.
Oila sirlarini saqlay biling,
eringiz boshqalar bilishini
xohlamaydigan narsalar
haqida gapirmang, eringiz
xohlamaydigan insonlar bilan
aloqa qilmang.
12. Uy va bolalarga qarang.
Eringiz puli va boyligini ayang,
eringiz oila a'zolarini hurmat
qiling.
13. Sabrli bo'ling.
Oilangiz kechayotgan
qiyinchiliklar davrida sabrli
bo'lishni biling.
14. Eringizni va uning
do'stlarini hurmat qiling.
Eringiz mehmonini hurmatini
joyiga qo'yib kutib oling,
eringiz qarindoshi, do'stlari
bilan muammo chiqarmang.
15. Uyingizni chiroyli va
saramjon qilib qo'ying.
Uyingiz toza, yoqimli, shinam
bo'lishi kerak. Uy ko'rinishini
o'zgartirib turing (mebel
joylashishi, parda va gilamlarni
o'zgartirib, almashtirib turing).
Mazali taomlar pishiring.
#новости
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев