Eringizni doim xursand bo'lib kutib oling. Ko'pincha ish, xizmat safari yoki o'qish bilan bog'liq safar deb erkaklar oiladan uzoqqa ketishga majbur bo'ladilar. Uyga qaytib kelishi daqiqalarini baxtiyor va yoqimli qilish uchun eringiz kelganida uni tabassum bilan, mehringizni berkitmay, chiroyli bo'lib kutib oling. Gapni faqat yaxshi yangiliklardan boshlang. Eringiz siz uni qanchalik kutib sog'ingan ekanligingizni his etsin. 2. Eringiz bilan suhbatlashayotganda muloyim bo'lib shirin gapiring. Bunday muomalani faqat er bilan qilish mumkin, boshqa erkaklar bilan man etiladi. 3. Doim go'zal bo'lib yuring. Albatta xar bir ayol o'zicha go'zal bo'ladi, lekin go'zallik bu nafaqat tabiiy ko'rinishdir, balki ayolning o'ziga qarab yurishi, ko'ylaklarining tozaligi, nafis hid taralib turishi, tirnoq va sochlarining tartibdaligi, eriga yoqadigan xulq-atvorda bo'lishidir. 4. Jinsiy aloqada eringizga qarshilik ko'rsatmang, eringizga har doim yoqimli bo'lib oling. 5. Eringiz moliyaviy ahvolidan nolimang. Olloh berganiga shukur qilib yuring. Eringiz ishlarida qiyinchiliklar bo'layotgan davrda unga har tomonlama dalda bo'ling. 6. Boylikka o'ch bo'lmang. Eringiz ruxsatisiz uydagi pullarni ishlatmang, eringizga yoqmagan narsalarga pulni ishlatmang. 7. Eringiz qilayotgan mehnatini qadrlang va unga minnatdor bo'lishni biling. Agar eringizga doim minnatdor bo'lsangiz sizni yanada sevib, yanada ko'proq xursand qilishni istaydi. Minnatdorchilik RAHMAT so'zida emas, balki sizning xar bir harakatingizda namoyon bo'lmog'i lozim. 8. "Xo'p" deyishni biling. Eringiz aytganini qiling. Doim esingizda bo'lsin: ER-oila boshi, XOTIN esa yordamchi va maslahatchi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Chunki Ming ayoli pazanda,ozoda,sodiq bulgani bn agar ayoli npbenamoz va avrati ochiq bulsa unda er Alloh qarwisida warmanda buladi va ayoli un Duzaxga kirib azobini olib chiqadi,nauzibillah
Avvalam bor ayolni iymonligini oliw kerak.
Paygambarimiz s.a.v aytiwgan kimki ayolni moli va chiroyi un olsa,Alloh u bandadan molini ham,chiroyini ham olib quyadi,kimki ayolni dini un olsa u banda un Alloh ham mol ham chiroy beradi deyiwgan
Paygambarimiz s.a.v benamozga uylaniw ham,erga tegiw ham xarom deyiwgan
Wunde ekan qanday ayoldan bulsada namozxon ayol ustun ekan.
Gap yakunida Hasan Basriyning bir juda qattiq ln haqiqat gaplari bn tugatse
Hasan Basriy aytiwgan ekan agar er erligini qilsa,ayol ayolligini qiladi deb.
Xulosa uzlarindan