Предыдущая публикация
Naxot qiyin seni unutish.
Peshonamga yozganmi bilmam,
Ko’zlaringni sog’inib o’tish.
Senga ham hech oson demayman,
Meni o’ylab yurak bag’ring qon.
Bizlar birga emasmiz endi,
Diydoring ham bir umr armon.
Tag’dir kulib boqqanda bizga,
Seni yorim malikam derdim.
Majnunlar teng kelolmas menga,
Axir seni boshqacha sevdim.
Bir kelmaysanmi meni ko’rgani,
Yuragimga taskin bergani.
Hech bo’lmasa tushlarimga kir,
Meni juda xursad qilgani.
Men charchamay seni sog’inib,
Orzularga to’ldi yuragim.
Quchay desam yonimdamassan,
Yo’qligingga og’riydi dilim.
Tag’dir kulib boqqanda bizga,
Seni yorim malikam derdim.
Majnunlar teng kelolmas menga,
Axir seni boshqacha sevdim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев