Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o'lishi mumkin
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering
Gar ko'zlari kulib tursada, Bo'g'zining
ostida necha ming hasrat Oy yuzlari
kulib tursada. Ko'nglini ko'taring hech
bo'lmaganda Qo'lini silashga sharofat
toping. Yig'lab turganida hech
bo'lmaganda, Yoshini artishga
muruvvat toping. Nogoh yerga
tushsa oppoq ro'moli, Bosib
o'tmaslikka shafoat toping. Ayolga
baxt bering , saodat bering Tog'
qimirlab, toshlar so'zga kirsada,
Ayolga baxt bering, saodat bering
Oltmishga kirsada, yuzga kirsada!