Do‘stlar, bilasizki, yaqin kunlarda qattiq sovuq bo‘ladi! O‘shanda bekatlarda, ayniqsa, kechqurun va ertalab (tig‘iz paytlarda) yo‘nalishli taksilar to‘lib o‘tayotganligi yoki umuman kelmayotganligi bois uyiga yoxud ishxonasiga ketolmay turgan kishilarni ko‘ramiz. Bunday qahratonda esa hatto 10-15 daqiqalik kutish ham naq mangulikdek tuyiladi kishiga…
Agar o‘z mashinangizda ishxonangizga yoki yumushlaringiz bilan biron joyga ketayotgan bo‘lsangiz, o‘sha kishilar yonida to‘xtang, yo‘lingiz bir bo‘lsa, eltib qo‘ying. Bunday qilish siz uchun mashaqqatli ish emas, ammo sovqotgan kishi uchun beqiyos yordamdir. Keling, mehribonroq bo‘laylik, bir-birimizga yordam beraylik! Axir, bugun siz kimgad