Tirikchilik…!!! Bu wundayin
ma’suliyatki uni faqat farzli
farzandgina xis eta oliwi
mumkin.
Bugungi kunda oilasining kam
ko’sti
uchun o’zga bir yurtlarda
mexnat
qilayotgan yurtdowlarimiz
bisyor.Ularning aksariyatini
birgina
xis qiynaydi xolos.Onasiga
bo’lgan
sog’inch azobi.Uwbu
yozganlarimni
musofirlikda mexnat qilayotgan
yurtdowlarimizning o’z Onalariga
bo’lgan sog’inch izxorlari deya
qabul
qiling…!!!
Man bulutni oq deb yuribman.
Yuragingiz buncha pok Ona.
O'zga yurtda ishlab yuribman,
Dunyo manga o'yingox Ona.
Axvolimni so’rasangiz gar.
Har galgidek holim chog Ona.
Kuzmunchoqlar kerakmas
manga.
Alloh manga kuzmunchoq Ona!
Duoingiz asraydi jonim
Ko'nglim mangu yashnagan
bog'dir.
Yolg'onlarga o'rgatmagansiz.
Xaqni izlab yuragim chog'dir.
Oq sutingiz oqlayman Ona.
Ma ’suliyatni xis eta oldim,
Kerak bo’lsa dunyodan tona.
Oila g’amin zimmamga oldim.
Musofirlik ichra yuribman.
Jonim muzlab sovuqda mana.
Bugun jindek xayol suribman.
Siyratingiz sog’inib Ona.
Qani endi bir bor tutsaydim.
Mexnatlardan tolgan qo’lingiz.
Bu yerlarda xech kimsa Ona.
Bosolmaydi sizning o’rningiz.
Bolam qachon kelarsan deya.
Muwtoq bo’lib yo’lim poylaysiz.
Uzoqlardan g’amimni yeya.
Kecha kunduz mani o’ylaysiz.
Xokisorim asrang o’zingiz.
Man qaytaman yaqin kunlarda.
Yowlanmasin munchoq ko’zingiz.
Orom oling bedor tunlarda.
Bu yerlarda pul topdim Ona.
Lek mexribon topmadim zinxor.
Yo ’llarimga bo’lgan parvona.
Bu dunyoda yaxwiyam siz bor.
Umr so’rar xar kim o’ziga.
Man so’rayman sizga berilib.
Qo’wnimizning wirin qiziga.
Sovchi bo’ling siz xam kerilib.
Man quyowni sizga o’xwatdim.
Quyow tafti mexringiz Ona.
To’lin oyni uyga o’rnatdim.
Oyning xusni zulfingiz Ona.
Qaytgim kelar o'z uyimga goh,
Soginch buncha yomondur Ona!
O'par tuproq oyog'ingizni
Tuproq mandan baxtliroq ona.
Suratingiz qo’limda tutib.
Wu sur’atga ovundim ona.
Uzoqlarda iztirob yutib
Bugun sizni sog’indim Ona!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев