Предыдущая публикация
” – degil, savollar yog’dir,
Bor gapni sug’urib olgin
ko’nglimdan.
Jim qovushtirilgan qo’llarim oxir,
Ohista sirg’alib tushar qo’ynimdan.
“Sevasizmi?“ – degil, savol ber qiyna,
Nursiz kunlarimning bitsin hisobi.
Tug’yonli onlarga chorlasin yana,
Sovuq bo’salarning qaynoq azobi.
“Sevasizmi?“ – degil, so’rayver, so’ra,
Nigohim titrasin oppoq ko’ksingda.
Parishon aksimni bir nafas ko’ray,
Parishon o’tinib turgan ko’zingda!..
Yolg’iz sening sevging yetmaydi,
netay,
Umrimiz bog’lari qoladi g’arib.
Sen sevgi so’rayver, men chiqib
ketay,
Muhabbat axtarib, mehr axtarib.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев