Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Sendirsan umrimning bearmon zari
Senga bo`lsin yana hayotim bari
Sendan yana uzoqlashganim sari
Yashamoq menga-da kerakmas go`yo
Endi tongda sening zulfing uyg`otar
Kulging ortidan hatto tonglar otar
Ayt-chi ? Sensiz hayotim qanday taТtir
Bo`lmasang yonimda, ojizman go`yo
Seni ayirolmas mendan ayriliq
Ishon qalbimdagi tuyg`ular tiniq
Ilohim sevgim bo`lmasin-da siniq
Sensiz bir onda ham,yolg`izman go`yo
Oydin kechalarda uchrashdik ilk bor
Dilbarim sensiz bu falak menga tor
Sevgimni rad etma, qilmagin sen xor
Sen bilan hayotman dunyoda go`yo