Fe'limiz ham uch xildir.
Uch boshqa boshqa odam,
Lekin ko'nglimiz birdir.
Men havas qildim doim,
Uchov bir jon bo'lsak deb,
To'y-u hashamda doim
Birga-birga yursak deb.
Ko'rib bizni har inson
Toza ko'ngillar desa.
Bir biriga mehribon
Opa-singillar desa.
Lekin netay men ojiz
Sizlarla yurolmasam.
Ko'payganda ishingiz
Qarashib turolmasam.
Opa deyman-u sizni
Kunizga yarolmayman,
Yig'lasa og'lingizni
Ko'tarib turolmayman.
Men xavas qildim chindan
Doim inoq bo'lsam deb.
Shu biri kam dunyodan
Shod-u quvnoq o'tsak deb.
Lekin hayot sizlardan
Qo'ydi meni ayirib.
Uchta go'zal qizlardan
Birining jismi mayib.
Ikkovingiz ko'chaga
Otlansangiz suyunib,
Qarab qolgum xavasla
Ortingizdan kuyunib.
Men havas qilar edim,
Doim birga yursak deb.
To'y, bayramlarda doim
Bir xil ko'ylak kiysak deb.
Ko'rib bizni xar inson
To'za ko'ngillar desa.
Bir biriga mehribon
Opa singillar desa
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев