Mendan ko’ra go’zal bo’lsin u,
Mendan ko’ra aqlli bo’lsin.
Bo’ylari sarv, ko’zlari jodu,
Nozikmijoz, fahmli bo’lsin.
Sabrliroq bo’lsin iloyim,
Yana qattiq saqlasin sirin.
Yo’li, dili pok bo’lsin doim,
Tilida bol, qo’llari shirin.
Erka bo’lsin hammadan ko’proq,
Mening telba fe’limni unut.
Yaralangan ko’nglingni emas,
Unga butun hayotingni tut.
Mendan ko’ra ko’proq cheksin dard,
Sening sevging, ishqing, rashkingda.
Menday dilda tortmasin azob,
Ardoqlansin, unsin ko’shkingda.
Epli bo’lsin ro’zg’oring haqqi,
Sepli bo’lsin, to’lsin uylaring.
Qolib ketsin ovora bo’lib,
Yetolmasin menga o’ylaring.
Asray bilsin seni har nedan,
Sadoqatda tengsiz bo’lsin to.
Rozidurman voz kechsang mendan
Ortiq b