Фильтр
Yig'layapsan ko'zlaringda yosh,
Sen ham mendek og'rinibsan-da!
Sotqin ko'zing qilib qo'ydi fosh,
Va nihoyat sog'inibsan-da...
Sog'inchlarim yurak tilar deb,
Aytmagandim seni kular deb.
Ishonardim shu kun kelar deb,
Va nihoyat sog'inibsan-da...
Sog'inmayman degan eding yor,
Shu so'zing-la berganding ozor.
Mana bugun ishqimda bedor,
Va nihoyat sog'inibsan-da...
Bugun diydor bizlardan yiroq,
O'z xukmini o'tkazar firoq.
Jiringlaydi tinmay qo'ng'iroq,
Va nihoyat sog'inibsan-da...
Unutdimmi???? Yo'q
unutdingiz.
Qizg'ondingiz zarra mexrni.
Oyni sovchi qilib yubordim.
Ilinj ila kutib mexrni.
Unutdimmi???? Yo'q
unutdingiz.
Xatto tushga kirmay
qo'ydingiz.
Zerikdingiz sevishdan yoki.
Ishqdan , Balki mendan
to'ydingiz.
Unutdimmi???? Yo'q
unutdingiz.
Dillar g'amga to'lgani qoldi.
Ko'zlarida yoshlari jovdirab.
Sevgi sag'ir bo'lgani qoldi.
UNUTDIMMI???? YO'Q
UNUTDINGIZ...
Qaragin, bizlarni ayirmoqda
Vaqt,
Özining qudratli millari ila.
Men senga uzoqdan tilayman
baxt,
Sen ham yuragingdan ne
bölsa tila.
Tila, daryo bölay bahor
selida,
Oqib ketaveray g'amgin,
betakror.
Ortimdan ergashgan maysa
tilida,
Men senga könglimni qilayin
izhor.

Mayli, sahro bölay, quyosh
taftida,
Bir umr yashayin yonib
qovrilib.
Töfonlar kötarsin meni
kaftida,
Yovuz shamollarda ketay
sovrilib.

Tila, daraxt bölay sen
yig'lamagin,
Qovjirab qolguncha chökib
turay tiz.
Lek ovvora bölib baxt
tilamagin,
Baxtli bölolmayman, baribir,
sensiz!
У келмаса, бир пул қолгани.
Кутиб-кутиб кўзим чарчади.
Соғинч юрагимни арчади
Қиймалагичларга солгани.

Балки севмас.
Фақат билганим –
Ёмғирларда ивитиб мани,
“Соғинтирмоқ” - уни севгани,
“Кутмоқ” – мени ёмон кўрганим.
Дунёга сиғмадим,
сиғмади дунё
ғурбатдан торайган табиатимга,
қоп-қора чечакдай сочилмиш ҳулё
жўмардлар кўмилган тариқатимга.

Майлига,
чечаклар қоп-қора бўлсин,
йиқитса шу йўлда йиқитсин тақдир,
қуртлаган истаклар шуъласи сўлсин,
худойим сийлаган ҳурлигим яхши.

Бичилган қулларнинг,
қулзодаларнинг
малак сиймоларин ўйнатган дунё,
яралган лаҳзадан ҳур одамларни
иблислар тилида сўйлатган дунё.

Чиройли эрмаклар маҳзанидир ул,
мағизи қайғудан,
пўстлоғи зардан,
сарғарар очилмай туриб қизил гул,
тупроғи жимгина қусган заҳардан.

Чайқалар жаҳолат оғочларида
неча минг Машрабу
Мансури Ҳаллож...
ҳамон юксалади йўл бошларида
одамзот қонига тўймаган жа
Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni
Toshbo‘ron qilsalar, vayron qilsalar,
Tikanlar qoplasa yo‘llarimizni,
Sen achchiq yig‘lasang,
Ular kulsalar,

Sevgilim,
sevgini sevmagan zotlar
Qaro aylasalar oq asotirni,
(Darg‘ab pishqirsa quturgan otlar)
Go‘rdan chiqarsalar
Qorabotirni,

Sevgilim,
men jangga kiraman, jangga,
Qarog‘ingdan tiyra jola uchun ham,
Osmonni bo‘yayman qirmizi rangga
CHap ko‘ksingda majruh lola uchun ham!

Sevgilim,
Bu so‘qish og‘ir bo‘ladi,
Qonlarim oqadi, qonlari oqar,
Ana, yaralangan oy ham quladi,
Qon sachragan quyosh qizarib boqar...

Sevgilim,
yov qochar sichqon iniga,
Muzaffar botiring tin olar horg‘in.
Qilich joylanadi q
Sen tug‘ilding...
Chinor shoxini kesib,
Beshik yasadilar bejirim
biram.
Bu yorug‘ dunyoga talpinib
kelib,
Yerga qadam qo‘yding, birinchi
qadam...

Ulg‘ayding...
Olamning dardlarin sezib,
Qirlarda gul uzib visolga
tashna...
Chinorning kattakon butog‘in
kesib,
Uy tiklab berdilar... So‘ng to‘y-
tomosha...

Umrni soy derlar...
Entikib, jo‘shib,
Keksalik qasriga yetib borgan
dam —
Chinorning yana bir navdasin
kesib,
Qo‘lingga tutishgay aso
xotirjam.
Yorug‘ning dastidan dod deya
zulmat,
Qaro bag‘rlarga uradi o‘zin.
Tun bir siqim ziyoni yamlab,
Yana ko‘r sharpaga beradi
izn...

Zulmat, sen o‘zingsan nurli
jahonim!..
Ziyo bandalari yoturlar uxlab.
Pinjiga tiqilgan kichik
ayvonning –
Ul yorug‘ yuziga o‘turman
tuflab...
Sizlarni e'tiboringizga judayam saviyali she'rni ko'rsatmoqchiman.Shoirga chuqur hurmatimni bildiraman
Жовдираб боқади кўзи
тушганга,
Арзонга кетмайди ҳеч бир
жонивор.
Сотилиб кетади ё бир
душманга,
Ё дўстдай сотилар қатор ва
қатор.

Кўзи қон талашган фойда –
ўртада,
Бағри қон зарарлар тортар
оҳ-фиғон.
Олди-сотдилардан юраги зада
Жонворлар бош эгиб турар
безиён.

Ҳансирар софликдан тинмай
уриб лоф
Даллоллар қўл силтар
қўярда-қўймай.
Бир зумда пичоқсиз сўйилар
инсоф,
Ўз ёғида ўзи қоврилган
қўйдай.

Кўр бўлган савдолар кўтарар
шовқин,
Қулоғи кар бўлиб ғала-
ғовурдан.
Ҳақиқат бир лаҳза кўтармас
бошин,
Нафс билан бирга ем еган
охур
Показать ещё