Yuragim qiynalsa ham, Hech buyruq berolmadim. Ko’rgim keldi-yu, seni Yuragim bo’ysunmadi. O’zga bilan ko’rishga G’ururim yo’l qo’ymadi. Nega unday qilganing Tushunaman, bilaman. Ota-onang tufayli Azoblarda yonaman. Men sendan ayrilsam ham, Sen men uchun yagona. Ming bor afsuslar bo’lsin, Endi bizlar begona. Senga she`r yozayotib, Qalamim cho’chib ketdi. Yoshlikdagi voqea, Esimga tushib ketdi. Yoshligimiz eslayman, Sen tengi yo’q qiz eding. Shu damlarni qo’msayman, Sevgan yorim siz derding. Biz ilk uchrashgan damlar Hali-hamon esimda. Chumchuqlar sayrashardi Chinorlarning uchinda. Shu chinorlar ostida, Har kuni uchrashardik. Ishq-muhabbat sathida, To’yolmay dardlashardik. Kelmay qolsam sen mening, Yo’llarimni poylarding. Negakelmadi deya, Sog’iniblar yig’larding.Senga qoyil qolardim, Yerga boqib so’zlarding. Agar meni sog’insang, Yuragingdan izlarding. Xuddi senga o’xshardi, Sovg’a qilgan gullarim. Senuchun yozgan edim Yuzdan ortiq she`rlarim. Qayg’uni qilib obod, Undan yonib yashayman. Sobiq sevgim umrbod, Seni sevib yashayman. Mana bugun sen bilan, Xufyona uchrasharmiz. Baxtli yoshlikni eslab, Bir to’yib dardlasharmiz. Sen bilan uchrashishni, Qalbim aldamayapti. O’sha vaqtni kutishga, Sabrim chidamayapti. Soat o’n bir bo’lyapti, Men tez yo’lga shaylanay, Uchrashuvga ertaroq, Borib yo’lingni poylay. Yoshlikda aytgan edim, Meni unutgin deya. Bu dunyoda bo’lmasa, U yoqda kutgin deya. Ishq-muhabbattufayli, Mana ko’rishib oldik. U dunyoga yetmasdan, Uchrashishga ulgurdik
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев