Предыдущая публикация
Endi ketdi to`kilib.
Aslo ortga qaytmaydi!
Keldim deya sog`inib
Bir kun kelib eslaysan:
Sevardimku jon dildan,
Nega qo`yib yubordim
shundoqqina
kaftimdan?
Sog`inganda o`ylaysan:
Sog`ingandir meni ham?
Ko`rging kelsa
yig`laysan,
ko`zlaringda qolmas
nam.
Ko`rasan men
yashayman,
Sensiz og`ir bo`lsa ham.
Seni hech eslamayman
Yuragimdagi A'lam!
Boshqa sen deb
qolmayman
Ketdim, ortga yo`lim
yo`q
Yurak seni so`rasa
javob uchun so`zim
yo`q.
ALVIDO
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1