Ilmu tafakkurdan dilga yo'l ochgan,
Qalblarga beminnat mehrini sochgan,
Go'yo quyosh tafti yuzida ko'chgan,
Siz sabab har mahal baland parvozim,
Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim!
Shogirdlar kamolin o'ylab tunu kun,
Halovat bilmasdan bag'rin etib xun,
Kelajak avlodning taqdiri uchun,
Jonin ayamagan bo'lganda lozim,
Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim!
Kim uchun dunyoda shuhrati aziz,
Kimgadir haq yo'lda zahmati aziz,
Sizga-chi el-yurtning rahmati aziz,
Mudom baland erur sizga e'zozim,
Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim!
Zulmatda shamchiroq yo'lni yoritar,
Ilm har lahzada bizga kor etar,
Intilganga doim omad yor etar,
Ko'zim olisdadir qo'limda sozim,
Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim!
Tinglashga ulgurmay qalbin sasini,
Anglaydi o'zgalar dil nolasini,
Ba'zan erkalolmay o'z bolasini,
Bizlarga baxsh etgan bahoru yozin,
Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim!
Insonga duch bo'lgay turfa xil yo'llar,
Gohi tog'lar oshsa, goh kezar cho'llar,
Ba'zan ta'qib etsa, chaqmoqlar, do'llar,
Hech vaqt adashmagay aql tarozim,
Baxtimga bor bo'ling, aziz ustozim!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 33