ichki jinsiy a'zolardan tarkib topgan.
Ularga qov, katta va kichik jinsiy lablar,
klitor, qin dahlizi, uretra, qizlik pardasi,
qin, bachadon, bachadon naylari va
tuxumdonlar kiradi. Tashqi jinsiy a'zolar (Genitalia
externa)
Qov (mons pubis) qorin devorining
pastki qismi bo"lib,teri osti
kletchatkasiga boy, voyaga yetgan
davrida jun bilan qop- lanib, asosan,
yuqoriga qarab turadigan uchburchak shaklidagi
sohadir.
Katta jinsiy lablar (labia pudendae
major) ikkita ten burmasidan hosil
bo'lgan. Bularda yog' kletchatkasi,
yog' va ter bezlari bo'ladi.
Old va orqa tomonda ular old va orqa
bitishmalar bilan bir-biriga qo'shilgan.
Katta jinsiy lablar jinsiy yoriq bilan bir-
biridan ajralib turadi. Katta jinsiy lablar
pastki uchdan bir qismining bag'rida
qin dahlizining katta Bartolin bezlari
(glandula Barto/ini) joylashgan. Shular vestibular
bezlar deb aytiladi. Bu
bezlardan ishlanib chiqadigan ishqoriy
sekret qinga kirish yo'lini namlab
turadi va urug' suyuqligini suyultirib
beradi. Bu bezlarning chiqarish yo'llari
kichik jinsiy lablar bilan qizlik pardasi o'rtasidagi
egatchaga ochiladi.
Kichik jinsiy lablar (Labia pudenda
minor) ham ikkita teri
burmachalaridan iborat. Bular shilliq
parda ko'rinishida bo'lib, katta jinsiy
lablarga nisbatan ichki tomonda joylashgan.
Normada jinsiy yoriq
yumilib turadi va qinga infeksiya
o'tishi hamda qurib qolishdan
saqlaydi.
Klitor (Clitoris) - - jinsiy yoriqning old
burchagida joylashgan bo'lib, qon to- mirlari va
nerv chigallari juda ko'p
bo'lgan ikkita g'orsimon tanachadan
tuzil-gan. Klitorning boshi, tanasi va
oyoqchalari bo'lgani uchun u ko'zga
aniq tashlanib turadi.
Qin dahlizi (Vestibuli vaginae) - - kichik jinsiy lab-
lar bilan cheklangan
bo'sh-liq. Siydik chiqarish kana-lining
tashqi teshigi, dahliz katta bezlarining
chiqarish yo'llari, qinga kirish yo'li qin
dahliziga ochiladi.Qin dahlizida juda
ko'p mayda shingilsimon bezlar va chuqurchalar
bor.Qizlik pardasi
(Humen) - - tashqi va ichki jinsiy
a'zolarni bir-biridan ajratib turadigan
biriktiruvchi to'qimadan iborat yupqa
to'siq. Bu parda halqasimon,
yarimoysimon, tishsimon, kuraksimon shaklda
boMadi. Qizlarda u qinga
kirish teshigini bekitib turadi, har ikki
tomonidan yassi epiteliy bilan qop-
langan. Birinchi jinsiy aloqa mahalida
qizlik pardasi yirtilib, har xil darajada
qon ketadi. Bu pardaning qoldiqlari gimenal
so'rg'ichlar deb ataladi,
tug'uruq mahalida yana yorilganidan
keyin qolganlari mirtasimon
so'rg'ichlar deb ataladi. Ichki jinsiy
a'zolar (Genitalia internd)
Qin (Vagina, yunoncha Colpos) • • voyaga yetgan
ayolda uzunligi 8—10
sm, kengligi 2—1,5 sm keladigan
muskul va fibroz to'qimadan iborat
naydir. Qin devorining ichki shilliq
qavatida juda ko p ko'n-dalang
burmalar ko'ri-nadi. Devorning ikkin- chi muskul
qavati to-lalari
ko'ndalangiga va uzunasiga
yo'nalgan. Qinning old, orqa, yon
tomonidagi o'ng va chap gumbazlari
tafovut qilinadi. Hammasidan
chuqurroq bo'ladigan orqa gumbazida qin
suyuqligi, jinsiy aloqa
vaqtida esa urug' suyuqligi to'planadi.
Qin devorlari shilliq parda, muskul
qatlami va o'rab turuvchi klet-
chatkadan tashkil top-gan. Qinning
shilliq pardasi ko'p qavatli yassi epiteliy bilan
qop-langan bo'lib, pushti
rangda va tug'uruq ma- halida
qinning cho'zilishini ta'minlab
beradigan bir talay ko'n-dalang
burmalardan iborat. Qin bo'shlig'ida
kislotali muhit bo'lishi qin basillalari yoki
Dederleyn tayoqchalari hayot
fao-liyati davomida hosil bo'ladigan
sut kislotaga bog'liqdir. Ular qin shilliq
pardasidagi epiteliy hujayralarining
glikogenini sut kislotaga qadar
parchalaydi. Qinda shilliqosti qavati bo'lmaganligi
tufayli, bezlar ham bo'lmaydi. U qon
hamda limfa tomirlaridan va qisman
bachadon bo'ynidan ajralgan suyuqlik
hisobiga namlanib turadi. Qin
chiqindisida qindan ko'chgan epiteliylar, qiz
bolaning yoshiga qarab,
gramm-musbat batsillalar Dederleyn
tayoqchalari (bacillis vaginalis
Dederleini) bo'ladi.
Odatda, qiz bola balog'atga yetgan sari
qin suyuqligi nordon reaksiyaga aylana boradi. Bu
reaksiya qancha
turg'un bo'lsa, qin shuncha toza
bo'ladi (balog'atga yetgan qizlarda).
Odatda qin chiqindisining tozaligi 4
darajaga bo'linadi:
epitelial hujayralar va qin tayoqchalari (Dederleyn
tayoqchalari), pH=4,0—
4,5, nordon reaksiyali;
epilelial hujayralar va Dederleyn
tayoqchalari,pH=5,0—5,5, nordon
reaksiyali, onda-sonda leykotsitlar,
kammiqdorda kokklar bo'ladi; Dederleyn
tayoqchalari ancha kam,
leykotsitlar,epitelial hujayralar,
kokklar ko'proq, pH=6,0—6,6,
neytralyoki ishqoriy reaksiyali; 4)
Dederleyn tayoqchalari bo'lmaydi,
leykotsitlar, kokklar, gonokokk, trixomonada,
trixomonoz va
bakteriyalar ko'p, pH=7,0—8,0,
ishqoriy reaksiyali.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda hali
Dederleyn tayoqchasi bo'lmaydi,
ammo onadan o'tgan gormon tufayli chilla
davrining boshlarida qiz bola
qinida nordon reaksiya saqlanishi
kuzatiladi.
Bachadon (Uterus, yunoncha metra
yoki hysteri) • - silliq muskullardan
tuzilgan noksimon shakldagi ichi bo'sh a'zo
bo'lib, old-orqa yo'nalishda
biroz yassilangan.
Uning tanasi, bo'yin old qismi va
bo'yni tafovut etiladi. Tanasining
qavariq ustki qismi bachadon tubi deb
ataladi. Bachadon bo'shlig'i uchburchak shaklida
bo'lib, ustki
burchaklariga bachadon naylarining
teshiklari ochiladi. Pastki tomonda
bachadon bo'shlig'i torayib, bachadon
bo'yni old qismiga aylanadi va
bachadonning ichki teshigi (bo'g'zi) bilan
tugallanadi.
<^Jachadon bo'yni (Cervix uteri)
bachadonning pastki, tor qismi bo'lib,
unda qin gumbazlaridan pastroqqa
turtib chiqib turadigan qin qismi va qin
gumbazlaridan yuqoriroqda turadigan qinusti
qismi tafovut qilinadi.
Bachadon bo'yni silindrsimon shaklga
ega. Bolalik davrida va jinsiy a'zolari
rivojlanmay qolgan ayollarda
bachadon bo'yni konussimon shaklda
bo'ladi. Bachadon bo'ynining ichidan uzunligi 1
— 1,5 sm keladigan bo'yin
kanali (servikal kanal) o'tadi, uning
ustki bo'limi bachadonning ichki
teshigi, pastki bo'limi esa tashqi teshigi
bilan tugallanadi.
Bachadonning uzunligi 7—9 sm ni tashkil qiladi.
Tubi sohasida kengligi
4,5—5 sm, devorlarining qalinligi 1—
2 sm ni tashkil qiladi. Bachadon
massasi 50 g dan 100 g gacha yetadi.
Bachadon devori uch qa-vatdan
tuzilgan. Ichki qavati silindrsimon bir qavatli hil-
pillovchi epiteliy bilan qop-
langan, bir talay naysimon bezlari
bo'ladigan shilliq parda(endometriy)
dir. Bachadon shilliq pardasining ikki
qavati: muskulli qavatiga taqalib
turadigan bazal qavat va hayz sikli mahalida
ritmik o'zgarishlarga uchrab
turadigan yuza funksional qavat
tafovut qilinadi. Bazal qavat o'suvchi
qavat bo'lib, funksional qavati
slumdan tiklanib, o'rni to'lib turadi,
Bachadon devorining kattagina qismini o'rta
muskulli (miometriy)
qavat tashkil qiladi. Muskulli qavat
silliq muskul tolalaridan tuzilgan bo'lib,
uzunasiga ketgan, tashqi va ichki
sirkular joylashgan o'rta qavatlardan
iborat. Bachadonning tashqi—seroz qavati
(perimetriy) uni qoplab
turadigan qorin pardasidan iborat.
Bachadon kichik chanoq bo'shlig'ida
qovuq bilan to'g'ri ichak orasida,
chanoq devorlaridan teng masofada
joylashgan. Bachadon tanasi oldinga, simfizga
biroz engashgan (bachadon
anteverziyasi), bo'yniga nisbatan
(bachadon antefleksiyasi), bu burchak
oldinga ochilgan. Bachadon bo'yni
orqaga qaragan, tashqi teshigi
qinning orqa gumbaziga taqalib turadi.
Bachadon naylari (Tuba uterina,
salpinx) bachadonning o'ng va chap
burchaklaridan boshlanib, yon tarafga
chanoqning yon devorlari tomoniga
qarab boradi. Ularning uzunligi o'rtacha 10—12
sm, yo'g'onligi 0,5
sm. Bachadon naylarining devorlari
uch qavat: bir qavatli silindrsimon
hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan
shilliq parda, o'rta muskul va tashqi - -
seroz qavatdan tashkil topgan. Bachadon
naylarining bachadon
devori bag'riga o'tuvchi intersitsial
qismi, ko'proq toraygan o'rta qismi,
istmik qismi va voronka holida
tugallanadigan kcng - - ampular qismi
tafovut qilinadi. Tuxumdonlar (Ovarium)
ayollarning
juft jinsiy bezlaridir. Ular bodomsimon
shaklda va oqish-pushti rangda
bo'ladi. Voyaga yetgan ayolda
tuxumdon uzunligi o'rtacha 3,5 sm ni,
eni 2—2,5 sm, qalinligi 1,1—5 sm, massasi 6—8 g
ni tashkil qiladi.
Tuxumdonlar bachadonning ikkala
tomonida, serbar boylamlar orqasida
joylashgan bo'lib, ularning orqa
varaqlariga birikkan. Tuxumdon
murtak epiteliy qavati bilan qoplangan, uning
ostida biriktiruvchi
to'qimadan iborat oqsil parda
joylashgan bo'ladi. Yanada
chuqurroqda miya moddasi
joylashgan, unda bir talay birlamchi
follikulalar, rivojla-nishning liar xil bosqichlarida
turgan follikulalar, sariq
tanalar topiladi. Tuxumdonning ichki
qavati asosan biriktiruvchi to'-
qimalardan tashkil topgan miya qavati
bo'lib, undan bir talay tomirlar va
nervlar o'tadi. Jinsiy jihatdan yetuklik davrida
tuxumdonlarda oy sari tuxum
hujayralar ritmik ravishda yetilib borib,
urug'lanishga yaroqli bo'lib qoladi va
qorin bo'shlig'iga chiqib turadi.
Tuxumdonlar ichki sekretsiya
bezlaridir, ular, jinsiy gormonlar ishlab chiqarib
turadi. Bachadon naylari,
tuxumdonlar va bachadon boylamlari
bachadon ortiqlari (Adnex) deb
ataladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13