Yashayabmiz yurakni aldab.Tashvishlar ham bo'larda bir gap,O'zingizni extiyot qiling.Mayli hayot azobga solsin,Dard degani domiga olsin,Dunyolari boshidan qolsin,O'zingizni extiyot qiling.Odamlarga boqasiz quyuq,Deysiz uning zarra gardi yo'q.Qo'ying do'stim kimning dardi yo'q,O'zingizni extiyot qiling.Mana yashab yuribmiz biz ham,Bosilgaydir istirob iz ham,Tug'ilgansiz bir marta siz ham,O'zingizni extiyot qiling.Qarang ko'kda oy ko'zin suzar,Umr totli,yashamoq g'o'zal.Har neda bir hikmat bor azal,O'zingizni extiyot qiling.Har umrning bordir yoz-qishi,Tugamaydi hayot tashvishi,Juda yaqin oyning o'nbeshi,O'zingizni extiyot qiling.Goh do'stlardan ko'nglingiz og'rir,Hamma sizdan tortganday bag'ir,Oilangizga keraksiz ahir,O'zingizni extiyot qiling.Farzandlar ham borar ulg'ayib,Yashamang hech mayus mung'ayib,Qani do'st bir qo'ying jilmayib,O'zingizni extiyot qiling.Go'zal yashang shudir matlabim,Umid birlan shivirlar labim,Iltimosim o'tinch talabim,O'zingizni extiyot qiling!Ters oqimdan charchadingizmi,Umr nima? Daryo dengizmi,She'rim tamom tushundingizmi?O'zingizni extiyot qiling!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев