Yuragingiz buncha pok Ona.
O'zga yurtda ishlab
yuribman.
Dunyo menga o'yingoh Ona.
Axvolimni so'rasangiz gar.
Har galgidek holim chog'
Ona.
Kuzmunchoqlar kerakmas
menga
Alloh menga kuzmunchoq
Ona!
Duoingiz asraydi jonim.
Ko'nglim mangu yashnagan
bog'dir.
Yolg'onlarga o'rgatmagansiz
Xaqni izlab yuragim chog'dir.
Oq sutingiz oqlayman Ona.
Ma’suliyatni xis eta oldim.
Kerak bo'lsa dunyodan tona.
Oila g'amin zimmamga
oldim.
Musofirlik ichra yuribman.
Jonim muzlab sovuqda mana.
Bugun jindek xayol suribman.
Siyratingiz sog'inib Ona.
Qani endi bir bor tutsaydim.
Mexnatlardan tolgan qo'lingiz.
Bu yerlarda xech kimsa Ona.
Bosolmaydi sizning o'rningiz.
Bolam qachon kelarsan deya.
Mushtoq bo'lib yo'lim
poylaysiz.
Uzoqlardan g'amimni yeya.
Kecha kunduz meni o'ylaysiz.
Xokisorim asrang o'zingiz.
Men qaytaman yaqin
kunlarda.
Yoshlanmasin munchoq
ko'zingiz.
Orom oling bedor tunlarda.
Bu yerlarda pul topdim Ona.
Lek mexribon topmadim
zinxor.
Yo'llarimga bo'lgan parvona.
Bu dunyoda yaxshiyam siz
bor.
Umr so'rar xar kim o'ziga.
Men so'rayman sizga berilib.
Qo'shnimizning shirin qiziga.
Sovchi bo'ling siz xam kerilib.
Men quyoshni sizga
o'xshatdim.
Quyosh tafti mexringiz Ona.
To'lin oyni uyga o'rnatdim.
Oyning xusni zulfingiz Ona.
Qaytgim kelar o'z uyimga goh.
Sog'inch buncha yomondur
Ona!
O'par tuproq oyog'ingizni.
Tuproq mendan baxtliroq
ona.
Suratingiz qo'limda tutib.
Shu suratga ovundim ona.
Uzoqlarda iztirob yutib.
Bugun sizni sog’indim
Onajon.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев