IBODAT QIL
Mol dunyoga ko’ngil
berma, omonat.
Umring bo’yi quraverma
imorat.
Barchasining hisobi bor,
qiyomat.
G’animatsan, ibodat qil,
ibodat.
Davlat bersa, miskinlarga
nazar qil.
Harom-harish kelsa, undan
hazar qil.
Umring tugar, borar joying
mozor, bil.
G’animatsan, ibodat qil,
ibodat.
Musofirsan, joning tanda
omonat.
Oxiratda yashay desang
farog’at.
Bu damlarni g’animat bil,
g’animat.
G’animatsan, ibodat qil,
ibodat.
Jannat yuzin ko’ray
desang, kamtar bo’l.
Takabburlar Alloh sari
topmast yo’l.
Najot senga ibodatdan,
qilgil mo’l.
G’animatsan, ibodat qil,
ibodat.