Sen yozni kunidayam yengi
uzun ko'ylak kiygan bolani
ko'rsang, kulasan. Lekin
bilmaysanki, uni qo'lida otasi
qoldirgan jarohatlar bor...
Ko'ylagi yirtilgan qizni
ko'rsang, kulasan. Lekin
bilmaysanki, uning oilasida
yeyishga non yo'q. Ular qiziga
qaydan olishsin kiyimni... Sen
bir qizga boq, u har
marosimlarda kuladi. Lekin
bilmaysanki, uyiga borib onasi
yo'qligidan tongga qadar
yig'lashini... Endi bu qizga boq,
yaxshilab boq. Bilasanmi, u
uyiga nega mehmon
chaqirolmaydi? Onasini
uradigan piyonista dadasini
hech kim ko'rmasin deb...
Sinfda uy vazifasini
bajarolmagan, u o'quvchiga
boq. Uning dadasi yo'q, kecha
kechasi bilan vokzalda yuk
tushirgan, oilasini boqaman
deb.