Предыдущая публикация
To'pori baytlarim bitar paytim goh, Ko'zimga ko'rinmay qolar bolam ham... Olamni erkalab, erka so'z izlab, Bolamni erkalab bir so'z aytmayman. Ko'chadan kelsa ham mushukday muzlab, Betidan bir o'pmay uydan haydayman. Qalam ushladimmi demak o'yin bas, Yayrab ocholmaydi gul dudog'ini. Bundoq yurak yutib so'rasha olmas, Xonamda qoldirgan qo'g'irchog'ini. Burchak-burchakda jim tortishar burun, Bilmam qanday o'y-u xayol ichida. Tuzsiz she'rlarim deb shirindan shirin, Bolalarim yurar oyoq uchida. Ular she'r yozmasin hech menga o'xshab, Mendan ko'proq nafi tegar elimga. Shoh asar bo'lsa ham tupirdim o'sha -, Bolamni yig'latib yozgan she'rimga...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев